Organizmni chiniqtirish
Kiyim va poyabzalga bo‘lgan gigiyena talablari
Download 71 Kb.
|
CHINIQTIRISH USULLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sportchi kun tartibining gigiyenik qoidalari.
Kiyim va poyabzalga bo‘lgan gigiyena talablari.
Odamning kiyim va poyabzali yil fasliga mos bo‘lib, havoni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Sintetik mate-rialdan tikilgan kiyim, rezinadan tayyorlangan poyabzal havo o‘tkazmaydi. Shuning uchun terining ter bezlaridan ajralgan suyuq-lik yaxshi bug‘lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyimlar, paypoq-lar ho‘l bo‘lib, odamning shamollab qolishiga sabab bo‘ladi. Shun-ga ko‘ra respublikamizning issiq iqlimi sharoitida sintetik material-lardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarini faqat mashg‘ulot paytida kiyish mumkin. Gigiyena talabiga binoan yoz faslida paxta gazlamasidan tikilgan kiyim, qish faslida esa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq. Poshnasiz poyabzal (kalish, shippak, slans, keda, krasovka kabilar)ni kun davomida uzoq muddat kiyish yassi oyoqlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday poyabzallarni qisqa vaqt davomida kiyish mumkin. Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassi oyoqlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Qizlar uzoq vaqt baland poshna poyabzal kiyishi natijasida ularning umurtqa va chanoq suyaklari egrilanib qolishi, shuningdek, yassi oyoqlik yuzaga kelishi mumkin. Bu hol kelajakda tug‘ish jara-yonini qiyinlashuviga sabab bo‘ladi. Qizlar kiyadigan poyabzalning poshnasi kengroq, balandligi 2-3 sm.dan oshmasligi lozim. Tor poyabzal oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi. Shu-ning uchun odam tez charchaydi. Qish paytida bunday poyabzal oyoqning sovuq olishiga, revmatizm (bod), buyraklarning yallig‘la-nishiga, yigit va qizlar ichki jinsiy a’zolarining surunkali yallig‘-lanish kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Sportchi kun tartibining gigiyenik qoidalari. Sportchi kun tartibining gigiyenik qoida va talablar asosida tashkil etilishi trenirovka mashqlarini belgilangan vaqtda bajarishga, o‘z vaqtida ovqatlanish va dam olishga organizmni moslashtiradi. Ya’ni har bir ishni bajarish, ovqatlanish, dam olish, uxlash vaqtiga nisbatan odamda shartli refleks hosil bo‘lib, dinamik stereotip shakllanadi. Buning natijasida vaqt tejaladi, sport mashqlari aniq belgilangan vaqtda bajariladi, ovqatlanish va dam olish me’yorida bo‘ladi, sog‘liq mustahkamlanadi, organizm charchamaydi, faoliyat samaradorligi ortadi. Gigiyena fani qoidasi va talablari asosida tuzilgan kun tartibiga amal qilish sportchining intizomli bo‘lishiga, ma’suliyatni to‘liq his etishiga, uning ma’naviy va axloqiy jihatdan yuksalishiga zamin yaratadi. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling