"Orient Finans" tarixi va tashkiliy tuzilishi


Download 106.18 Kb.
bet11/12
Sana25.02.2023
Hajmi106.18 Kb.
#1228263
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KD praktika 2022

Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, «Orient Finans» XATB Mirobod filialida nazariyada o’rgangan bilimlarimni amaliyotda qo’llashni o’rgangan holda bilim va tajribalarni oshirishda muhim o’rin tutdi. «Orient Finans» XATB Mirobod filiali mamlakatimizning iqtisodiyotida muhim o’ringa ega desam yanglishmagan bo’laman. 2021 yil aprel oyida S&P Global Ratings XATB "Orient Finans" bankning uzoq muddatli reytingi yangilandi "B+" - "Barqarorga". Reytinglarning oshirilishi XATB "Orient Finans" kapitalining ahamiyatli darajada ko‘payishini aks ettiradi, buning sababi bo‘lib, bankning yuqori moliyaviy ko'rsatkichlari va kreditlashning me'yorlashtirilgan sur'atdagi o'sishi hisoblanadi.
«Orient Finans» XATB Mirobod filiali missiyasi – o’z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko’rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Bankning korporativ qadriyatlari - jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat - bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi.
«Orient Finans» XATB Mirobod filiali aksiyadorlik tijorat «Orient Finans» bankining «Orient Finans» XATB ning alohida tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.
«Orient Finans» XATB Mirobod filiali faoliyatini reglaMetlovchi Qonunlarni, boshqa huquqiy hujjatlarni va «Orient Finans» XATB Mirobod filiali ustav fondi, bo’limlar nizomi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlarini, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini hamda boshqa qonun osti hujjatlarini bilan tanishib chiqildi.
«Orient Finans» XATB Mirobod filiali faoliyatiga baho berish uchun iqtisodiy ko’rsatkichlarni to’plandi. Shu tariqa to’plangan iqtisodiy ko’rsatkichlarni, ularning dinamikasini, xodimlar, ularning ish faoliyati hamda shtatlar jadvalida xodimlarga tegishli barcha ma’lumotlar, shuningdek, xodimlar sonining o’sish ko’rsatgichlari va yillar oralig’idagi o’sish nisbatlarini foizlarda o’rganildi va tahlil qilindi. Misol uchun, umumiy hisobda, 2019 yil 1-dekabr holatida 78 shtat birligi mavjud bo’lgan bo’lsa, 2020 yil 21 noyabr holatiga kelib 79 ta shtat birligi, 2021 yil 14-avgust holatiga kelib esa 83 shtat birligi o’z faoliyatini olib bormoqda.
«Orient Finans» XATB Mirobodfiliali faoliyatida erishilgan barcha natijalar uning keyingi faoliyatini yanada kengaytirish va yuqori natijalarga erishishiga zamin hisoblanadi.
Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun «Orient Finans» XATB Mirobod filiali bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida .
Amaliyot davrida va hisobotni tayyorlash jarayonida «Orient Finans» XATB Mirobod filiali xodimlari yaqindan yordam berishdi, to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilishda va yuzaga kelgan savollarga javob berishda o’zlarining qimmatli maslahatlarini ayashmadi.


Download 106.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling