"Orient Finans" tarixi va tashkiliy tuzilishi
"Orient Finans" XATBning missiyasi
Download 106.18 Kb.
|
KD praktika 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishimizning asosiy tamoyillari
- Bankning korporativ qadriyatlari
- Bank strategiyasi.
"Orient Finans" XATBning missiyasi — universal va barqaror moliyaviy tashkilot qiziqishlarini hisobga olgan holda sifatili bank xizmatlari bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish.
"Orient Finans" XATBning maqsadi — mijozlarining barqarorligini saqlab qolish, ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlar manfaati yo‘lida faoliyatni ehtiyotkorlik bilan yo‘lga qo‘yish. O‘z maqsadiga erishish uchun bank operatsiyalarining eng yuqori rentabelligiga erishadi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishadi, xizmatlar to‘plamini kengaytirib va barcha iste’molchilar (korporativ mijozlar, xususiy shaxslar, kichik va o‘rta Menes korxonalari) uchun yangi texnologiyalarni rivojlantiradi. Ishimizning asosiy tamoyillari: mijozlar Menesini chuqur anglash; mijozlarning shaxsiy MeejMeti; individual yondashuv; eski va yangi mijozlarga birdek e’tibor; tezkor qaror qabul qilish. professionallar jamoasi bo‘lishga intilish: bank maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z mahoratini doimiy tarzda rivojlantirib va takomillashtirib borish. Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi. O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda “Orient Finans bank” professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir. Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun “Orient Finans bank” bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida. Bank strategiyasi. Bankning mamlakat iqtisodiyotidagi salohiyatini oshirishda ishtiroki: iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish; investitsion xarakterga ega bo‘lgan kreditlari hajmini yanada oshirib borish; iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi korxonalarni, kichik Menes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan tajribani yanada mustahkamlash, yosh oilalar, qishloq xududlarida servis sohasini rivojlantirishni kreditlashga alohida e’tibor qaratish. Download 106.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling