"Orient Finans" tarixi va tashkiliy tuzilishi


Kadrlar siyosatining ustuvorliklari


Download 106.18 Kb.
bet3/12
Sana25.02.2023
Hajmi106.18 Kb.
#1228263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KD praktika 2022

Kadrlar siyosatining ustuvorliklari:

  • xodimlarni doimo malakasini oshirib borish, chet tili va zamonaviy dasturiy ta’minotni o‘rgatib borish;

  • mehnat staji katta tajribali xodimlar, rahbarlar va yosh mutahassislar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish orqali, Ipoteka-bank tizimida to‘plangan tajribalarni keyingi avlod xodimlarida ham saqlab, rivojlantirib borishini ta’minlash;

  • kadrlarga bo‘lgan talabni oldindan o‘rgangan holda oliy o‘quv yurtlaridan muvaffaqiyatli bitiruvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish va birinchi navbatda filiallarni ular bilan ta’minlash;

“Orient Finans” Xususiy Aksiyadorlik Tijorat Banki O’zbekiston Respublikasining “ Banklar va banklar faoliyati haqida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi”, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun va qonun osti hujjat aktlarida, shuningdek, Markaziy Banknin me’yoriy hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi.
Filial yuridik shaxs hisoblanmaydi. Uning majburiyatlari bo’yicha “Orient Finans” XATB mas’uliyatga ega. Filial o’z faoliyatida qonunlar, kreditlash, hisob-kitob va kassa amaliyotlarini yuritish bo’yicha qoidalar, bank faoliyatiga tegishli boshqa me’yoriy hujjatlar, “Orient Finans” XATB Ustavi, “Orient Finans” XATB nizomi, Bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi, Bank Kengashi, Boshqaruvi qarorlariga muvofiq ish yuritadi.
Filial alohida balansga, “Orient Finans” XATB nomi ko’rsatilgan shtamp, blankalar va bankning firma belgisi tushirilgan yumaloq muhrga ega. Filial faoliyatini taminlash uchun “Orient Finans” XATB unga zarur mablag va boshqa mulk biriktiradi. Filial o’zining Nizomiga muvofiq, unga berilgan huquq doirasida ajratilgan mablag’ va mulkka egalik qiladi. Filial majburiyatlari bo’yicha davlat javobgar emas. Davlat majburiyatlari bo’yicha Filial javobgar emas.
Filialda mavjud bo’lgan aksiyadorlar, mijozlar va fuqarolar pul mablag’i va boshqa mulklar amaldagi qonunda ko’zda tutilgan tartibga muvofiq, hibsga olinishi hamda undirilishi mumkin. Filial hizmatchilari filial va uning mijozlari, amaliyotlari hamda hisob raqamlari bo’yicha ma’lumotlarni sir saqlashga majbur. Amaliyotlar va hisob raqamlar holati (jumladan, depozitlar va fuqarolar qo’yilmalari bo’yicha amaliyotlar) haqida ma’lumotnomalar filialda “Orient Finans” XATB ustavida ko’zda tutilgan tartibda, hamda amaldagi qonunga muvofiq berilishi mumkin. «Orient Finans» bankining mablag’lari jalb qilingan mablag’lar, mijozlar hisob raqamlaridagi mablag’lar va bank tomonida ajratilgan mablag’lardan tashkil topadi.

Download 106.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling