"Orient Finans" tarixi va tashkiliy tuzilishi


XATB “Orient Finans” Mirobod filialida jismoniy va yuridik shaxs bilan ishlash tizimida rejalashtirish jarayoni


Download 106.18 Kb.
bet5/12
Sana25.02.2023
Hajmi106.18 Kb.
#1228263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KD praktika 2022

XATB “Orient Finans” Mirobod filialida jismoniy va yuridik shaxs bilan ishlash tizimida rejalashtirish jarayoni

XATB «Orient Finans» Mirobod filialining tarkibiy tuzilmasi 83 ta shtat birligidan iborat bo’lib, 7 ta bo’lim o’z faoliyatini olib boradi. Har bir bo’limida 2 ta xodimdan 7tagacha xodim faoliyat ko’rsatadi, bular: Bo’lim boshlig’i, Bosh mutaxassis, Yetakchi mutaxassis, 1 va 2 toifali mutaxassis, mutaxassis.


Rahbariyat qoshida o’z navbatida 8 ta xodim ish faoliyatini olib boradi. Masalan, Bosh Hisobchi, Bosh Yuristkonsult, Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisi, Yakuniy nazorat bosh mutaxassisi, Ichki nazorat departMet mutaxassisi, Kotibiyat(ijro nazorati) yetakchi mutaxassisi, Ish yurituvchi, Ruxsatnoma byurosi kabilar asosiy faoliyat o’rinlari hisoblanadi.
Chakana amaliyotlar bo’limi yetakchi bo’limlardan biri hisoblanib, u o’z navbatida ikkiga bo’linadi: “Milliy va xalqaro plastik kartochkalar” bo’limi va “Xalqaro o’tkazmalar bo’limi”. Chakana amaliyotlar bo’limida 9 ta xodim ya’ni bo’lim boshlig’i va mutaxassis xodimlardan iborat.
Xo’jalik bo’limi o’z navbatida Xo’jalik bo’lim mudiri, Xo’jalik bo’lim bosh energetigi, 2-toifali mutaxassis, ekspeditor, ombor mudiri, elektrik, santexnik, santexnik-slevar, duradgor, bog’bon, haydovchilar, farroshlar kabi mutaxassisliklardan iborat bo’lib umumiy hisobda 21 ta xodim ish faoliyatini yuritadi.
Kreditlash bo’limi. XATB «Orient Finans» Mirobod filialida kreditlash bo’limi ikkiga ajraladi, ya’ni: yuridik shaxslarni kreditlash bo’limi va jismoniy shaxslarni kreditlash bo’limi. Har ikkala kreditlash bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining amalda qonunchiligi aktlari, Aksiyadorlik «Orient Finans» bank Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining buyruqlari, qo’llanmalari va nizomlari asosida, bank bo’yicha haqiqiy nizomlar buyruqlar va farmoishlar asosida o’z faoliyatini amalga oshiradi. Bo’lim bevosita boshqaruvchisiga va uning o’rinbosariga bo’ysunadi. Bo’lim haqidagi Nizom va hamkasblarning lavozimlari bo’yicha qo’llanmalarni Filial boshqaruvchisi tasdiqlaydi. Har bir bo’lim besh birlikni o’z ichiga oladi. Bular: bo’lim boshlig’i, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, 1-toifali mutaxassis va mutaxassislardan iborat.
Umumiy hisobda «Orient Finans» XATBning Respublika bo’yicha 8 ta filiallari mavjud va hozirgi kunda o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Toshkent shahrida 7 ta filial va Samarqand viloyatlarida faqat 1 tadan shahar filiallari mavjud.
Bo’limni bo’lim boshlig’i boshqaradi. Bo’lim boshlig’i etib tayinlash vaegallab turgan lavozimdan ozod etish boshlig’i buyrug’I bilan amalga oshiriladi.
1-chizma


Download 106.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling