"Orient Finans" tarixi va tashkiliy tuzilishi
«Orient Finans» XATBda faoliyatida ish yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash jarayoni
Download 106.18 Kb.
|
KD praktika 2022
4. «Orient Finans» XATBda faoliyatida ish yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash jarayoni
«Orient Finans» XATBda o’z faoliyatlariga tegishli me’yoriy hujjarlar, qonunlar va Nizomlardan foydalanadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti qaroriga muvofiq, 2005 yil 16-fevralda qabul qilingan “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-69-son Qarori, “O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” gi Qonuni, “ Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarni himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni, «Orient Finans» XATB Ustavi va Nizomi, «Orient Finans» XATB da mavjud bo’limlar Nizomlaridan tashkil topgan. Undan tashqari, har bir mutaxasislik faoliyatiga tegishli bo’lgan hujjatlar va yo’riqnomalardan ham bank faoliyatida keng foydalaniladi. «Orient Finans» XATB Bosh amaliyot bosh qarmasining Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisining lavozim yo’riqnomasi xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisining asosiy me’yoriy hujjati hisoblanadi. Ushbu yo’riqnomaga binoan, Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisi «Orient Finans» XATB ning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Xodimlar bilan ish bosh mutaxassisi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Hukumat qarorlari, Markaziy bank tavsiyanomalari, «Orient Finans» XATB Boshqaruvining Nizomi va qarorlari, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi topshiriqlari asosida ish yuritadi. Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisning asosiy vazifalari: Xodimlarni tanlash va joy joyiga qo’yish; Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; Xodimlarni yuqori lavozimlariga ko’tarish maqsadida xodimlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ish olib boorish; Xodimlarning malakasini oshrish maqsadida bo’limlar aro rotatsiya qilish, filiallar aro stajirovka o’tashlarini va turli tashkilotlarda malakalarini oshirishini ta’minlash; Xodimlarning shaxsiy hisob tavsiflovchi hujjatlarini olib boorish; Xodimlar bilan ishlashda qonunchilikni ta’minlash; Xodimlarni ruhan mosligini ta’minlash, muttadil sog’lom muhitini ta’minlash. Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisining majburiyatlari: Xodimlar bilan ishlashning yillik ish rejasini tuzadi va bajarilishini nazorat qiladi; Buyruqlar chiqarishini ta’minlaydi, Boshqarma noMeklaturasi tarkibi bo’yicha so’rovnomalar yuritishni, Boshqarma bo’yicha shaxsiy tarkibning tabelini yuritishni, ular bilan shartnoma imzolashni ta’minlaydi; Boshqarma xodimlarining mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish, saqlash va qaytarib berishni amalga oshiradi hamda zarur ma’lumotlarni o’z vaqtida yozib borilishini amalga oshiradi; Barcha toifadagi xodimlarga bo’lgan talab va ularni to’ldirib borish manbalarini, joriy va kelgusi rejalarini tuzadi; Zamonaviy qitisodiy siyosat bilan bog’liq bo’lgan o’quv rejani ishlab chiqadi, boshqarma xodimlarining iqtisodiy o’quvini tashkil etadi; Xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash bo’yicha bajariladigan ishlarda ularning kasbi, ma’lumoti, Yoshi hamda boshqa ijtimoiy demografik ma’lumotlarini taxlil qiladi; Oliy va o’rta- maxsus o’quv yurtlarini tugatayotgan yosh mutaxasislarga va malakali xodimlarga bo’lgan bank talabi, buyurtmlari hisobini tuzadi; Oliy va o’rta - maxsus o’quv yurtlari talabalarining amaliyotini tashkil etishda ishtirok etadi; Boshqarma mutaxassislarining sifat tarkibini ta’minlash va lavozimlarining namunaviy noMeklaturasiga rioya qiladi; Boshqarma mutaxassislarini atestatsiyadan va sinovlardan o’tkazish uchun hujjatlar tayyorlaydi; Xodimlarning hozirgi va oldingi mehnat faoliyati to’g’risida ma’lumotnoma hamda yuqori turuvchi organlar so’rovi bo’yicha tavsiyanoma va tavsifnoma tayyorlaydi; Nafaqaga chiqayotgan xodimlarning hujjatlarini( kasaba qo’mitasi bilan birgalikda) tayyorlaydi va rasmiylashtiradi; Bank xodimlariishlarining samaradorligini oshirishga mo’ljalangan ijtimoiy tatqiqodlar o’tkazilishini tashkil qiladi; Bank xodimlari tomonidan ichki mehnat va jamoat tartibiga rioya qilishlariningnazoratini olib boradi; Xodimlarni mukofatlash bilan taqdirlashga taqdom etish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni tayyorlaydi; Yoshlar bilan ish olib boradi, murabbiylik masalasi ishlarining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi; Boshqarma boshlig’I uchun xodimlar xizmati faoliyatining barcha masaslari bo’yicha yillik hisobot tuzadi; Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisining huquqlari: Xodimlar bilan ishlash xizmati zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda zarur bo’lgan axborotlarni, ma’lumotlarni, hisobotlarni talab qilib olish; Mijozlardan olinga axborotlar (hujjatlar) ishonchligiga shubhalar mavjud bo’lganda ushbu axborotlarni ( hujjatlarni) tekshirish bo’yicha choralarni ko’rishlari lozim. Bunday holatlarda tegishli tashkilotlarga mijozlar haqidagi axborotlarning ishonchliligini aniqlashtirish uchun murojaat qilishlari mumkin. Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisining javobgarligi: Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisiga yuklatilgan barcha vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarish; Boshqarma boshlig’I bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, hamda lavozimlar yo’riqnomasida belgilangan shartlarni so’zsiz bajarilishi; Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganligi; Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtiriga qarshi kurashish bilan bog’liq bo’lgan axborotga shu jumladan, tijorat banki arxivida saqlanayotgan hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklamaganligi, uning tarqalib ketishini oldini olmaganligi hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilgani to’g’risida m’a’lum qilganligi; Download 106.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling