"Orient Finans" tarixi va tashkiliy tuzilishi


Bosh amaliyot boshqarmasi boshlig’i


Download 106.18 Kb.
bet6/12
Sana25.02.2023
Hajmi106.18 Kb.
#1228263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KD praktika 2022

Bosh amaliyot boshqarmasi boshlig’i


Kadrlar bo’limi (1)

Iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash bo’limi

Plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi

Rahbariyat qoshida

Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi

Xo’jalik bo’limi



1-chizma. tashkiliy tuzilmasi
Manba: «Orient Finans» XATB amaliyot ma’lumoti asosida tuzildi
Bo’lim boshlig’i:

  • Bo’lim ishini tashkillashtiradi;

  • Bo’limga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;

  • Bo’limdagi ishchilar o’rtasida majburiyatlarini taqsimlaydi;

  • Bo’lim ish rejasini hamda bo’lim hamkasblarining lavozimlar bo’yicha qo’llanmalarni ishlab chiqadi va boshqarma boshlig’iga taqdim etadi;

Bo’lim boshlig’i bo’lim doirasiga tegishli normative hujjatlarni tizimli ravishda o’rganishni, hamkasblar malakasini oshirish bo’yicha darslarni tashkillashtiradi.
Bo’limning asosiy vazifasi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi 10-sonli farmonini amalga oshirishga yo’naltirilgan, bankning iqtisodiy, moliya-kredit ishini tashkillashtirish hisoblanadi. Undan tashqari, iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish sharoitlarida bank faoliyatlarini mukammallashtirish uchun zarur bo’lgan axborotlar, taxliliy va istiqbolga mo’ljallangan ma’lumotlar tayyorlash, «Orient Finans» XATB Mirobodfiliali Boshqaruv rahbariyatiga o’z vaqtida sifatli tahliliy ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash kabi vazifalarni ham o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy tarmoqlarni kreditlash bo’limining bajarayotgan funksiyalaridan kelib chiqib, bo’lim quyidagilarni qilish huquqiga ega:

  • O’z doirasigan kiruvchi xizmat bo’yicha farmoyishlar berish;

  • Xo’jalik organlari vakillari bilan ish bo’yicha uchrashuvlarda, kengashlarda qatnashish;

  • Xizmat ko’rsatilayotgan mijozlardan zaruriy ma’lumotlar olish;

Bo’limning boshqa amaliyot boshqarmasining boshqa bo’limlari bilan o’zaro munosabatlari va aloqalari. Yuklangan vazifalar, topshiriqlarni bajarish uchun bo’lim teng huquqli asosida boshqarmaning barcha bo’limlari va mustaqil tarkibiy tuzilmalari bilan ish olib boradi.
Yuklatilgan vazifalardan, faoliyat daoireasidan kelib chiqib, bo’lim o’rnatilgan hujjatlar aylanmasi tartibi va qoidalariga rioya qilgan holda, boshqarmaning tegishli bo’limlaridan bank faoliyatining barcha sohalari bo’yicha zaruriy ma’lumot va axborotlarni oladi. Bo’lim o’rnatilgan hujjatlar aylanmasi tartibi va qoidalariga rioya qilgan holda, boshqarmaning tegishli buyumlari va tarkibiy tizimlariga ma’lumot vaaxborotlarni beradi. Bank doirasida va bankdan tashqarida axborot olishda va berishda bo’lim tomonidan xizmatda foydalanish uchun hujjatlar, bank siri, davlat va cheklangan doira tarqatuvchi hujjatlar bilan ishlash tartiblariga rioya qilinadi.
Bo’lim boshlig’i isharni bajarishni bevosita bo’lim xodimlariga topshirish orqali bo’lim ishini tashkillashtiradi. Bo’lim boshlig’i o’z harakatlaridan boshqarma boshlig’iga hisobot beradi.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi. “Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi” bo’limi «Orient Finans» XATBning tarkibiy qismi bo’lib, «Orient Finans» XATB boshlig’iga bo’ysunadi. Buxgalteriya ishini tashkil qilish bo’yicha javobgarlik boshlig’iga yuklatiladi. Shuningdek, rahbar hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish hamda ularning hisobini yuritish uchun taqdim etish borasidagi bosh buxgalterning talablarini bankning barcha bo’limlari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador xodimlari tomonidan og’ishmay bajarilishini ta’minlashi shart.
Bo’lim boshlig’i bosh buxgalter hisoblanadi. Bosh buxgalter «Orient Finans» XATB Boshqaruv Raisning buyrug’i bilan o’z lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankinming me’yoriy hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunlari, hukumat qarorlari, «Orient Finans» XATB Mirobodfiliali Buxgalteriya hisobi siyosati, «Orient Finans» XATB Mirobodfiliali boshqaruv organlarining farmoyishlari va nizomi hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida o’z faoliyatini yuritadi.
Ushbu bo’limning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • Bank moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tashkil qilish;

  • Buxgalteriya hisobi hisobvaraqalarida aktivlar holati va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlar haqida ma’lumotlarni ishonchli va to’liq shakllantirish;

  • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash;

  • Moliya va soliq hisobotini ishonchli shakllantirish;

  • Bankda buxgalteriya hisobini shakllantirilganligi, moliyaviy va moddiy resurslarning oqilona, tejab ishlatilishi, hamda bank mulkining saqlanishini ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

  • Buxgalteriya hisonining asosiy prinsiplarini qo’llagan holda buxgalteriya hisobini yuritish;

  • Hujjatlar ishi va buxgalteriya ishini tashkillashtirishni ta’minlash;

  • Banklarning o’zaro hisob kitonlarining- hisobini yuritish va nazorat qilish

  • Pul hisob kitob hujjatlarini o’zgartirish, hisobini yuritish va nazoratga olish;

  • Tegishli buxgalteriya yozuvlari hamda ishonchli va birlamchi hujjatlar asosida buxgalteriya hisobini tuzish;

  • Belgilangan tartibda buxgalteriya hujjatlarini arxivda saqlanmishini ta’minlash;

  • Qat’iy hisobda turgan blankalardan foydalanishni nazorat qilish;

  • Kredit liniyasi bo’yicha byudjet hisobidan moliyalashtirilgan capital qo’yilmalar hisobini yuritish;

  • Davlat byudjeti, ijtimoiy sug’urta, pensiya jamg’armasi to’lovlari, jamg’arma va zaxoralarga o’tkazmalarni to’g’ri hisoblash va o’z vaqtida o’tkazib berish;

  • Kamomat, ortiqcha sarflash yoki qoidabuzarlik, g’arazli maqsadlarda foydalanish holatlari yuzaga kelganda tegishli chora tadbirlar ko’rish va bunday holatlar bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va sud-tergovorganlariga ma’lumot berish;

  • Buxgalteriya hisobi va hisoboti mna’lumotlari bo’yicha bankning moliyaviy faoliyatini iqtisodiy taxlil qilish (tegishli bo’limlar bilan birgalikda);

  • Bankning uzoq davrga mo’ljallangan va joriy rejalari va tadbirlarini amalga oshirishda qatnashish shu bilan bnirgalikda ularning bajarilishini analiz qilish va nazorat qilsh;

  • Buxgalteriya hisobining ilg’or shakl va usullarridan keng foydalanish;

Plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi. Bank plastik kartalar bilan ishlash bo’limi «Orient Finans» XATBning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Boshqarmaning plastic kartalar bilan ishlash bo’limi o’z faoliyatida O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari, «Orient Finans» XATB Mirobod filiali Kengashi hamda boshqaruv Nizomi qarorlaridan foydalanadi.
Bo’limning ish rejasi Bosh amaliyot boshqamasi rahbariyati ko’rsatma va topshiriqlari hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga muvofiq tuziladi. Plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi Nizomi va xodimlarining lavozim yo’riqnomalari boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi. Plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi o’z faoliyatini boshqa boshqarmalar, bo’limlar va bankning tegishli bo’linmalari bilan o’zaro hamkorlikda bo’limni shtat birliklari, bankning iqtisodiy strategiyasi va ish hajmidan kelib chiqib Markaziy devon tomonidan belgilanadi.
Bo’limning asosiy vazifalari:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari, «Orient Finans» XATB Mirobod filiali Kengashi hamda Boshqaruvi tomonidan berilgan Nizomi asosida ishlar olib borish;

  • Plastik kartalar amaliyotlariga doir ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yilishi;

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, «Orient Finans» XATB Plastik kartalar boshqarmasiga hamda tegishli tashkilotlarga hisobotlarni jamlab yetkazilishini ta’minlash;

  • Plastik kartalar kliring amaliyotlarini o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlash;

  • «Orient Finans» XATB filiallari bilan kliring amaliyotlari bo’yicha har oyning 1- sanasigacha Solishtirma Dalolatnomalar qilinishi.

Ushbu bo’limning funksiyalari:

  • Naqd pulsiz to’lovlarning «Orient Finans» XATB filiallari va boshqa banklar orasida pul aylanmasining har kunlik monitoringhini yuritish;

  • Plastik kartalarga aloqador ma’lumotlarni jamlash, tahliliy ishlarni olib borish;

  • Plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Umum Respublika protsessing markazi, Markaziy bankning to’lov Markazi (MUNIS) bilan ishlar olib borish. Kabilari hisoblanadi.

2-jadvalda «Orient Finans» XATBning shtat jadvali keltirilgan bo’lib, bunda xodimlar lavozimi, yo’nalishlari, tarif razryadlari hamda shtat birligi ko’rsatilgan. Ushbu jadvalda rahbariyat, rahbariyat qoshida va iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash bo’limlarida ish olib boruvchi xodimlar ro’yxati berilgan. Rahbariyatda 2 ta shtat birligi ya’ni boshliq va boshliq o’rinbosari 15 va 14 razryadli tariflari mavjud. Aynan ushbu tariff razryadlariga ko’ra xodimlarga oylik maoshlari belgilanadi.
Xuddi shunday rahbariyat qoshida jami 8 ta shtat birligi mavjud bo’lib, 5 ta bosh mutaxassis 11 tarif razryadi, yetakchi mutaxassis 10 tarif razryadli va ruxsatnomalar byurosi noziri 4 razryadiga ega. Iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash bo’limida jami hisobda 4 ta shtat birligi mavjud bo’lib, bo’lim boshlig’I 13 razryadga, bosh mutaxassis 11 razryadga, yetakchi mutaxassis 10 razryadga hamda mutaxassis 7 razryadga ega hisoblanadi.
Umumiy hisobda, 15 tarif razryadiga ega xodimlar 1ta, 14 tarif razryadiga ega xodimlar 1 ta, 13 razryadga ega 1 ta, 11 razryadga ega xodimlar 6 ta, 10 razryadga egalar esa 2 ta, 7 razryadga egalar 2 ta va 4 razryadga ega xodimlar soni 1 tani tashkil etadi.
2-jadvalda ham 1-jadvaldagidek “«Orient Finans» bank”ATIB ning shtat jadvali keltirilgan bo’lib, bunda xodimlar lavozimi, yo’nalishlari, tarif razryadlari hamda shtat birligi ko’rsatilgan. Ushbu jadvalda Plastik kartalar bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi hamda xo’jalik bo’limlarida ish olib boruvchi xodimlar ro’yxati berilgan. Plastik kartalar bo’limida 2 ta shtat birligi ya’ni bo’lim boshlig’i va yetakchi mutaxassis 13 va 10 razryadli tariflari mavjud. Aynan ushbu tarif razryadlariga ko’ra xodimlarga oylik maoshlari belgilanadi.

Download 106.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling