"Orlan-10" uchuvchisiz uchish apparatining taktik-texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
УУА «Орлан-10»
1.12. Qo‘nish tizimi
Qo‘nish tizimi oldindan tayyorlanmagan va tayyorlangan er maydonlarida UUAni to‘gri qo‘ndirishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizimdan foydalanish mobaynida UUAning vertikal tezligi va er sirtiga zarba berish kuchi kamayadi. Bu o‘z navbatida fyuzelyaj, aerodinamik yuzani (qanot, dum qanoti), apparatda joylashgan xar xil aviatsion va radiotexnik tizimlarni mexanik talofatlardan asragan holda yumshoq qo‘nishni ta’minlab beradi. Qo‘nish tizimining asosiy texnik tasnifi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval. Qo‘nish tizimining asosiy texnik tasnifi Parametrlar nomlanishi Qiymati Parashyut tizimi Parashyut turi xochsimon Kupol maydoni, m 2 12 Taxlangan parashyutning gabarit o‘lchamlari, m: - uzunligi - kengligi - baladligi 0,27±0,01 0,16±0,01 0,05±0,01 Parashyutning og‘irligi, kg 0,3 standart atmosfera sharoitida hamda apparatning og‘irligi o‘rtacha 15 kg bo‘lganda vertikal pasayish (ko‘nish) tezligi, m/s 5 Tizim ishlashda er yuzasidan minimal xavfsiz balandligi, m 80 Parashyut bo‘lmasi ochilganidan kupol to‘liq havo bilan to‘lishigacha bo‘lgan vaqt, s 5 Parashyut stropa (ip)larining soni 16 Parashyut stropa (ip)larining uzunligi, m 6 Osma tizimidagi falning uzunligi, m 3,45 Osma tizimidagi stropa (ip)larining soni 3 Osma tizimidagi stropa (ip)larining uzunligi, m: – oldingi (2 dona.) – orqa (1 dona.) 0,435 0,5 Amortizasiya tizimi Taxlangan qo‘ndirish buferining gabarit o‘lchamlari, m: - uzunligi - kengligi - baladligi 0,3 0,16 0,04 Qo‘ndirish buferining og‘irligi, kg 0,2 Qo‘ndirish buferining hajmi, l 105 Ventilyator aylanishi (oborot) ayl/min 4500 18 Parametrlar nomlanishi Qiymati Havo purkash (havo bilan to‘ldirish) tezligi, l/min 1200 Tinch holatda to‘liq to‘ldirish vaqti, s 4,8 Apparatning og‘irligi 18,5 kg bo‘lgandagi pasayish tezligida ortib qolgan tezlanish 4,5g Saqlash va boshqarish tizimi Parashyut bo‘lmasining hajmi, m 3 0,0047 Bo‘lmaning gabarit o‘lchamlari, m: - uzunligi - kengligi - baladligi 0,32 0,163 0,09 Parashyut bo‘lmasining to‘liq ochilish vaqti, s 0,3 Qo‘nish tizimining tarkibi: − saqlash va boshqarish tizimi; − parashyut tizimi; − amortizatsiya tizimi. Saqlash va boshqarish tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi – transportirovka, uchirish va parvoz mobaynida parashyut va qo‘ndirish buferini taxlangan ko‘rinishda saqlash, shuningdek qo‘ndirish paytida parashyut va ko‘ndirish buferini ochish, qo‘ndirilgandan so‘ng parashyutni apparatdan ajratish. Saqlash va boshqarish tizimi tarkibida kiradi: − parashyut bo‘lmasi, − parashyut bo‘lmasining qopqog‘i (krыshka), − parashyutni ochish mexanizmi, − parashyutni ajratish mexanizmi. Parashyut bo‘lmasining qopqog‘i (krыshka) parashyutni tortib chiqarish funksiyasini bajaradi. Parashyut tizimi qo‘nish mobaynida apparatning pasayish tezligini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Parashyut tizimi tarkibiga – parashyut va osma tizimlar kiradi. Amortizasiya tizimi – qo‘nish mobaynida UUAning er yuzasi bilan to‘qnashishidan hosil bo‘ladigan zarbaning kuchini pasaytiradi (dempferlaydi). Amortizasiya tizimi tarkibida qo‘ndirish buferi, ikkita havo haydoychi quvur va ikkita bufer ventilyatori. Qo‘nish tizimining elementlarini taxlangan holatdagi UUAda joylashuvi 10-rasmda keltirilgan, ishlash jarayoni esa 11-rasmda namoish etilgan. 19 Qo‘nish tizimining ishlash algoritmi: − boshqaruv operatori komandasiga ko‘ra (avtomatik boshqaruv tizimi komandasiga ko‘ra – avariya holati sodir bo‘lganda yoki avtomatik qo‘nish mobaynida) dvigatel o‘chiriladi – karbyurator zaslonkasi servoprivod yordamida yopiladi, o‘t oldirish o‘chiriladi; − kanotdagi zakrilkalarni 20° gacha yopib, UUAni parvoz davomida xavfsiz havo tezligigacha (70-80 km/s) olib kelish hamda qo‘nish tizimining kafolatlaydigan ishini ta’minlab beradi. Avariya rejimida qo‘nish mobaynida tezlik pasaytirilmaydi (tormozlanish amalga oshirilmaydi, zakrilkalar yopilmaydi). Apparat 100 km/s tezlikda uchishi mobaynida parashyut tizimi orqali tormozlanish amalga oshirilishi mumkin; − avtomatik boshqaruv tizimi komandasi bo‘yicha parashyut bo‘lmasining qapqog‘ini ushlab turuvchi qulf servoprivod yordamida ochiladi, bir vaqtning o‘zida ko‘ndirish buferining ventilyatori ishlashni boshlaydi, signal va yorug‘lik chiroqlari shtat rejimida ishlashni boshlaydi; − apparat tagidan o‘tuvchi havo oqimi parashyut bo‘lmasining qapqog‘ini ochilishiga va uni apparatning yo‘nalishiga qarshi tomonga uloqtirishga ko‘mak beradi, buning natijasida osma tizimning iplaridan tortib, parashyut kupolini yoyadi va stropalarni cho‘ntakchalardan chiqaradi; 1 – parashyut tizimi va qo‘ndirish buferining taxlangan holatdagi, 2 – parashyut bo‘lmasining qopqog‘i, 3 – parashyut bo‘lmasi, 4 – parashyutni ochish mexanizmi, 5 – havo xaydovchi quvur, 6 – bufer ventilatori 10-rasm. Taxlangan holatdagi qo‘nish tizimi 1 – parashyut bo‘lmasining qopqog‘i, 2 – parashyut bo‘lmasining qopqog‘ining ipi, 3 – parashyut kupoli, 4 – parashyut stropasi, 5 – rayzerlar va parashyut stropalarini birlashtiruvchi fal, 6 - slayder-halqa (parashyutning sekin ochilishini ta’minlab beruvchi), 7 – rayzerlar (bo‘sh uchlar), 8 – qo‘ndirish buferi 11-rasm. Ishlash holatdagi qo‘nish tizimi 20 − slayder-halqa – stropalar va osma tizimning uzilishini oldini oladi, stropalar tortilishi natijasida kupolning sokin ochilishini ta’minlaydi; − parashyutni ochilishi, UUAni keyinchalik tormozlash hamda vertikal stabilizasiyasini ushlashni amalga oshiradi, apparatning hamla burchagini optimal ushlab turib erga qo‘nishni ta’minlaydi; − UUA erga qo‘ngandan (tekgandan) so‘ng, buferda hosil mavjud ortiqcha bosim klapanlar orqali chiqib ketadi, buning natijasida UUAga tushishi lozim bo‘lgan kuch miqdori kamayadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling