"Orlan-10" uchuvchisiz uchish apparatining taktik-texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
УУА «Орлан-10»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy texnik ma’lumotlar
1.10. Kuch qurilmasi
“Orlan-10” UUAning kuch qurilmasi tarkibiga kichik gabaridli porshenli bir silindrli to‘rt taktli Yaponiyada ishlab chiqarilgan Saito FG-40 markali dvigatel bilan belgilab qo‘yilgan qadamli (16x13) havo parragi, Orlan-10 UUAga qo‘llash uchun moslashtirilgan Walbro karbyuratori, uchqunli elektron o‘t oldirish tizimi, drossel zaslonkasini boshqarish servoprivodi, dvigatelni yoqishdan oldin isitish tizimi, dvigatel valiga o‘rnatilgan starter-generator aylanishlar soni (oborot) datchigi bilan birga (bir vaqtning o‘zida bortning elektr bilan ta’minlash tizimiga ham kirib ketadi), termodatchik (issiqlik datchigi), o‘tkazuvchi simlar majmuasi kiradi. Kuch qurilmasi to‘liq hajmda UUAning parvoz-texnik tasniflarining amalga oshirilishini, shuningdek bort tizimlari va foydali yuklama elektr istimolini ta’minlaydi hamda bort akkumulyator batareyasi (AKB)ni tok bilan quvvatlaydi (zaryadlaydi). Kuch qurilmasining joylashuvi 8-rasmda keltirilgan. 1 – yoqilg‘i baki, 2 – yoqilg‘i bakidagi drenaj tizimi, 3 – yoqilg‘i quyish (zapravka) tizimi, 4 – dvigatelga yoqilg‘ini uzatish tizimi, 5 – yoqilg‘i o‘lchash datchigi 1 5 4 2 3 7-rasm. UUA fyuzelyajida yoqilg‘i tizimi elementlarining joylashuvi 14 Asosiy texnik ma’lumotlar: – Dvigatel turi To‘rt taktli, bir silindrli, benzinli – 16x13 havo parragi qo‘yilganda kichik oborot (malыy gaz) miqdori, oborot/min 3700 – 4100 – Uchib chiqish mobaynida 16x13 havo parragi qo‘yilganda maksimal oborot miqdori, oborotov/min 7500 - 8700 – silindr diametri, mm 40 – porshn qadami, mm 32 – karbyurator turi Walbro – krivoshipa turi Doimiy radiusli/podshipnik – tirsakli val rezbasi, mm M8×1,25 – silindr turi halqasimon – silindr Bir dona – dvigatel hajmi, sm 3 40.2 – dvigatel og‘irligi, g 1253 – umumiy og‘irligi (shovqin so‘ndiruvchi (glushitel) va o‘t oldirish (zajiganie) tizimi qo‘yilganda), gr. 1713 – Qo‘llaniladigan yoqilg‘i AI-95 avtomobil benzini bilan 30:1 nisbatda 2 taktli dvigatellar uchun sintetik moy aralashmasi – quvvati, o.k./kVt 3,5/2,5 – sovuq dvigatelni o‘t oldirish vaqti, sek 30 dan ko‘p emas – belgilangan o‘lchamlari, mm 124×85×173 – glushitel turi yo‘naltirilgan, bir kamerali rezonatorsiz – glushitel og‘irligi, gr. 85 – o‘t oldirish tizimi Saito o‘t oldirgich 4,8-6V (quvvati 1000 mAch dan ko‘p) – dvigatel resursi, soat 500 1 – fyuzelyaj (old qism), 2 – dvigatel, 3 – starter-generator, 4 – o‘t oldirish tizimining bloki, 5 - karbyurator, 6 – dvigatel yoqilg‘i tizimining quvurlari (truboprovod), 7 – yuqori korrektor quvurlari (truboprovod), 8 – motorama. 6 5 4 2 7 8 3 1 8-rasm – Kuch qurilmasi 15 Dvigatel kuch qurilmasi tarkibida old fyuzelyaj oldi qismining motoramasiga qotiriladi. Kuch qurilmasining buriluvchi motoramasi o‘ziga dvigatel ishlashidan hosil bo‘lgan ko‘ndalang va bo‘ylama kuchlarni hamda aylanma momentda bir xil turmaydigan kuchlarni qabul qiladi (9-rasm). Mazkur turdagi osma konstruksiyasi porshenli dvigateldan hosil bo‘ladigan qattiq tebranishlarni sezilarli darajada pasaytirib, umumiy hisobda UUA tizimlarini tebranishlarsiz sokin ishlashini ta’minlab beradi. Dvigatel drenaj tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, ishlash davomida karterdagi moylarni yo‘qotish, shuningdek uni shamollatish uchun mo‘ljallangan. Dvigatelning asosiy boshqaruv organi karbyuratorning havo zaslonkasi hisoblanadi. Korbyurator teshigidan havo kirishini ravonlik bilan o‘zgartirish natijasida so‘ruvchi trubkalardan yoqilg‘i miqdori ko‘payib, dvigatelning ishlash rejimi o‘zgaradi. Dvigatel ishlashini nazorat qilish dvigatel valining aylanishlar sonini (oborot) o‘lchovchi datchik orqali amalga oshiriladi. Dvigatel ishlash rejimlarini boshqarish (karbyurator havo zaslonkasini boshqarish servoprivodi) radiokanal bo‘yicha, EMBP avtomatlashtirilgan ishlash joyidagi operator komandasi bilan amalga oshiriladi. Past tempratura sharoitlarida kuch qurilma tarkibidagi dvigatelning o‘t oldirilishini engillashtirish maqsadida dvigatel isitish moslamasi mavjud. Ushbu moslama tashqi manbaadan, 10-15 V doimiy tokda ishlaydi. Moslama avtomatik tarzda karter tempraturasini nazorat qiladi natijada dvigatel qizib ketishi va ishdan chiqishiga yul qo‘ymaydi. 1 – motor shpangouti, 2 – dvigatel, 3 – motorama flanesi, 4 – prujinali amortizator, 5 – vilka 5 4 3 1 2 9-rasm. Osmaning buriluvchi qismi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling