"Orlan-10" uchuvchisiz uchish apparatining taktik-texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana26.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1124106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
УУА «Орлан-10»

1.8. Yorug‘lik texnik jihozlari 
UUAga o‘rnatilgan chiroq-signal jihozlarining apparaturalariga 3 (uch) dona 
aeronavigatsion olov kiradi. Ularning ikkitasi bortning past qismida, kapotdan 
keyin joylashgan, qolgan bir donasi old fyuzelyaj bilan orqa fyuzelyajni 
birlashtiruvchi xomut yonida, bort tagida joylashgan. Sharsiy tarkib (xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlar) tomonidan apparatni havoda holatini vizual nazorat qilishni 
ta’minlash uchun oldingi ikki chiroq (chap tomondagi “qizil”, o‘ng tomondagi 
“yashil”) va orqa qismidagi “oq” chiroqlar bilan jihozlangan. 
Aeronavigatsion olovlar bortda qotirilgan holda yoro‘g‘ tarqatuvchi 
svetodiotdan tashkil topgan va umumiy elektr manbaadan ta’minlanadi. Bortning 
chap tomonidagi blok tarkibiga tovushli signalizatsiya zumeri kiradi. 
Aeronavigatsion olovlarni o‘chirilishi va yoqilishini boshqarish quyidagi 
rejimlarda amalga oshiriladi: 
avtomatik
− YMBP operatori komandasi bo‘yicha; 
− yorug‘lik maskirovkasi rejimida. 
1.9. Yoqilg‘i tizimi 
Apparatda yoqilg‘i fyuzelyaj bak-kessonida joylashtiriladi. Bak-kesson 
yoqilg‘ini halqa (aylantirmagan holda) qilmagan holda markazlashtirib uzatadi. 
Dvigatel yoqilg‘i nasosi yordamida yuzaga keladigan havosizlantirish natijasida 
bosim bilan dvigatelga yoqilg‘i uzatiladi. 
Bakni yoqilg‘i bilan to‘ldirish – old fyuzelyaj yuqori yuzasida joylashgan 
yoqilg‘i quyish og‘zidan amalga oshiriladi. Yoqilg‘i bosib ostida yoqilg‘i quyish 


12 
og‘zidan o‘tkazgichlar orqali apparatning bakiga borib tushadi. Yoqilg‘i bilan 
bakni to‘ldirish talab qilinadigan sathi rejalashtirilgan parvoz vazifalaridan kelib 
chiqib hisob-kitob asosida aniqlanadi (umumiy sig‘imning 50%dan kam 
bo‘lmagan darajada) va uchirishdan oldingi tayyorgarlik bosqichi mobaynida 
belgildangan miqdorda yoqilg‘i bilan to‘ldiriladi. 
1-jadval. Bakga quyiladigan va ishlatiladigan yoqilg‘i miqdori to‘g‘risida 
ma’lumot. 
Bakga quyiladigan yoqilg‘i 
miqdori 
Ishlatiladigan yoqilg‘i 
miqdori 
To‘kib tashlanadigan 
ishlatilmaydigan yoqilg‘i 
miqdori
5030 ml 
4920 ml 
110 ml 
DIQQAT. UUA YOQILG‘I BAKINING SIG‘IMI QUYILADIGAN 
YOQILG‘I 
MIQDORIDAN 
QO‘PROQ 
BO‘LGANLIGI 
SABAB 
(KONSTRUKTIV XUSUSIYATLARIGA BOG‘LIQ), APPARATGA YOQILG‘I 
QO‘YISH FAQAT OLDINDAN O‘LCHANGAN VA 1-JADVALDAN QO‘P 
BO‘LMAGAN MIQDORDA QO‘YILISHI LOZIM. AKS HOLDA UUA 
MAKSIMAL 
UCHIRISH 
OG‘IRLIGIDAN 
KO‘PAYIB, 
UCHIRISH 
QURILMASIDAN UCHIRISH MOBAYNIDA AVARIYA HOLATI YUZ 
BERISHI MUMKIN. 
UUAga yoqilg‘i tayyorlashda yo‘riqnomada nazarda tutilgan benzin va unga 
mos keluvchi moy ko‘llaniladi. 
− asosiy – yuqori sifatli etillashtirilmagan benzin premium evro-95 
GOST R 51866-2002 hamda 1:30 nisbatda Motul 2T KART GRAND 
PRIX moyi. 
− o‘rnini bosuvchi – oddiy sifatli etillashtirilmagan benzin regulyar evro-92 
GOST R 51866-2002 hamda 1:30 nisbatda ikki taktli, maksimal yuqori 
yonish tempraturaga ega dvigatellar uchun ishlatiladigan sintetik moy. 
UUA kuch qurilmasi tarkibiga kiruvchi ichki yonuv porshenli dvigatelining 
o‘rtacha yoqilg‘i sarfi soatiga 400±10 mlni tashkil qiladi (3000 metr baladlikgacha 
shu bilan birga gorizontal parvoz davomida 80±5km/soat tezlikda).
UUA fyuzelyajida yoqilg‘i tizimi elementlarining joylashuv tasviri 7-rasmda 
keltirilgan. 


13 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling