"Orlan-10" uchuvchisiz uchish apparatining taktik-texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
УУА «Орлан-10»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.9. Yoqilg‘i tizimi
1.8. Yorug‘lik texnik jihozlari
UUAga o‘rnatilgan chiroq-signal jihozlarining apparaturalariga 3 (uch) dona aeronavigatsion olov kiradi. Ularning ikkitasi bortning past qismida, kapotdan keyin joylashgan, qolgan bir donasi old fyuzelyaj bilan orqa fyuzelyajni birlashtiruvchi xomut yonida, bort tagida joylashgan. Sharsiy tarkib (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar) tomonidan apparatni havoda holatini vizual nazorat qilishni ta’minlash uchun oldingi ikki chiroq (chap tomondagi “qizil”, o‘ng tomondagi “yashil”) va orqa qismidagi “oq” chiroqlar bilan jihozlangan. Aeronavigatsion olovlar bortda qotirilgan holda yoro‘g‘ tarqatuvchi svetodiotdan tashkil topgan va umumiy elektr manbaadan ta’minlanadi. Bortning chap tomonidagi blok tarkibiga tovushli signalizatsiya zumeri kiradi. Aeronavigatsion olovlarni o‘chirilishi va yoqilishini boshqarish quyidagi rejimlarda amalga oshiriladi: − avtomatik; − YMBP operatori komandasi bo‘yicha; − yorug‘lik maskirovkasi rejimida. 1.9. Yoqilg‘i tizimi Apparatda yoqilg‘i fyuzelyaj bak-kessonida joylashtiriladi. Bak-kesson yoqilg‘ini halqa (aylantirmagan holda) qilmagan holda markazlashtirib uzatadi. Dvigatel yoqilg‘i nasosi yordamida yuzaga keladigan havosizlantirish natijasida bosim bilan dvigatelga yoqilg‘i uzatiladi. Bakni yoqilg‘i bilan to‘ldirish – old fyuzelyaj yuqori yuzasida joylashgan yoqilg‘i quyish og‘zidan amalga oshiriladi. Yoqilg‘i bosib ostida yoqilg‘i quyish 12 og‘zidan o‘tkazgichlar orqali apparatning bakiga borib tushadi. Yoqilg‘i bilan bakni to‘ldirish talab qilinadigan sathi rejalashtirilgan parvoz vazifalaridan kelib chiqib hisob-kitob asosida aniqlanadi (umumiy sig‘imning 50%dan kam bo‘lmagan darajada) va uchirishdan oldingi tayyorgarlik bosqichi mobaynida belgildangan miqdorda yoqilg‘i bilan to‘ldiriladi. 1-jadval. Bakga quyiladigan va ishlatiladigan yoqilg‘i miqdori to‘g‘risida ma’lumot. Bakga quyiladigan yoqilg‘i miqdori Ishlatiladigan yoqilg‘i miqdori To‘kib tashlanadigan ishlatilmaydigan yoqilg‘i miqdori 5030 ml 4920 ml 110 ml DIQQAT. UUA YOQILG‘I BAKINING SIG‘IMI QUYILADIGAN YOQILG‘I MIQDORIDAN QO‘PROQ BO‘LGANLIGI SABAB (KONSTRUKTIV XUSUSIYATLARIGA BOG‘LIQ), APPARATGA YOQILG‘I QO‘YISH FAQAT OLDINDAN O‘LCHANGAN VA 1-JADVALDAN QO‘P BO‘LMAGAN MIQDORDA QO‘YILISHI LOZIM. AKS HOLDA UUA MAKSIMAL UCHIRISH OG‘IRLIGIDAN KO‘PAYIB, UCHIRISH QURILMASIDAN UCHIRISH MOBAYNIDA AVARIYA HOLATI YUZ BERISHI MUMKIN. UUAga yoqilg‘i tayyorlashda yo‘riqnomada nazarda tutilgan benzin va unga mos keluvchi moy ko‘llaniladi. − asosiy – yuqori sifatli etillashtirilmagan benzin premium evro-95 GOST R 51866-2002 hamda 1:30 nisbatda Motul 2T KART GRAND PRIX moyi. − o‘rnini bosuvchi – oddiy sifatli etillashtirilmagan benzin regulyar evro-92 GOST R 51866-2002 hamda 1:30 nisbatda ikki taktli, maksimal yuqori yonish tempraturaga ega dvigatellar uchun ishlatiladigan sintetik moy. UUA kuch qurilmasi tarkibiga kiruvchi ichki yonuv porshenli dvigatelining o‘rtacha yoqilg‘i sarfi soatiga 400±10 mlni tashkil qiladi (3000 metr baladlikgacha shu bilan birga gorizontal parvoz davomida 80±5km/soat tezlikda). UUA fyuzelyajida yoqilg‘i tizimi elementlarining joylashuv tasviri 7-rasmda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling