O‘rta asrlar g‘arb va sharq adabiyoti reja
Download 27.55 Kb.
|
maruza matn 3
Jaloliddin Rumiy. Jaloliddin Rumiy (1207-Balx, 1273-Ko‘nyo) buyuk fors-tojik shoiri va mutafakkiri. Tasavvufdagi mashhur Mavlaviya tariqatining asoschisi. O‘z davrining dongdor ulamosi, yirik kubraviya shayxi bo‘lgan otasi Bahovuddin Valad Muhammad Xorazmshoh bilan kelishmay, uning tasarrufidagi Balx shahrini haj safari bahonasida tark etadi. Safar chog‘i Nishopurda avliyo shoir F.Attor bilan uchrashib, uning duosini oladi. Attor unga o‘zining “Asrornoma” asarini tuhfa etadi.
Otasi va uning shogirdlari tarbiyasini olgan, Halab va Damashq madrasalarida o‘qigan Rumiy o‘z davrining yetuk olimi va mudarissi bo‘lib yetishadi. Uning shoir sifatida dong taratishi, majzub darvesh Shamsiddin Tabriziy nomi bilan bog‘liq. Tabriziyning Rumiy hayotidagi o‘rni shu qadarki, u o‘z g‘azallarini Shams taxallusi bilan yozadi, 42 ming bayt she'rdan iborat “Devoni Kabir”ning ikkinchi nomi “Devoni Shams Tabriziy”dir. Rumiy ijodi o‘zidan keyingi Sharq va G‘arb so‘z san'atiga katta ta'sir ko‘rsatgan. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk so‘z ustalari uni o‘zlariga ustoz bilishgan. Gyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa'diy, Hofiz bilan birga, Rumiy ijodini ham “Xizr chashmasi” deb atagan. Rumiyning “Forsiy Qur'on” nomi bilan mashhur 25685 bayt (51370 misra)dan iborat “Masnaviyi ma'naviy”ni inmon ma'naviy hayotining qomusi sifatida nafaqat Sharq, balki G‘arbda ham ixlos bilan o‘rganishgan.
Download 27.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling