O‘rta asrlar g‘arb va sharq adabiyoti reja


Ritsar – kurtuaz adabiyoti


Download 27.55 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi27.55 Kb.
#216367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza matn 3

Ritsar – kurtuaz adabiyoti. XII-XIII asrlarga kelib Fransiya va boshqa G‘arbiy yevropa davlatlarida feodallashish jarayonini asosan tugallanadi. Davlat tepasidagi qirol boshqa feodallar uchun sinpor (syuzern) hisoblanar edi. Katta yer egalari bo‘lgan graf, gersog, yepiskoplar va o‘z grafliklari doirasida mustaqil hukmron edilar.

Kichikroq baronlar yirik graf va gersoglarni sinpor deb atashgan. Baronlarga esa kichikroq feodal va ritsarlar bo‘ysunganlar.

Ritsar o‘z xo‘jayiniga sodiq, uning mol-mulki va manfaatlarini himoya qiluvchi jangchi edi.

Dabdabali ritsarlik qoidalarini yaratishda XII-XIII asrlarda paydo bo‘lgan ritsar adabiyoti muhim rol o‘ynaydi.

Biroq ritsarlik ideallari real turmush faktlariga zid edi. X asr boshlarida Provans viloyati alohida davlat edi. Janubiy Fransiyadagi ushbu viloyat iqtisodiy va ma'naviy sohada rivoj topadi. Bu yerda fransuz adabiy tilga asos solinadi.

Dastlab Provansda feodal sinporlari dunyoviy ritsar madaniyatining ifodasi bo‘lgan Kurtuaz poeziyasi dunyoga keldi. Provans shoirlarini trubadurlar deb atashgan. Trubadur fransuzchadan «topmoq», «ijod etmoq» degan ma'noni anglatadi. Bu adabiyot saroyga xos nafislik, odob-tavoze, xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab qiladi. Ayollarni ulug‘lash – trubadurlar ijodida asosiy o‘rin egallaydi. Provans shoirlari muhabbat oshiqni yaxshi fazilati etib tarbiyalaydi., qalbini poktantiradi deb tushuntiradi. Ularning fikricha, oshiq odam hyech qachon yomon niyatlar, yomon ishlarni qilmaydi, aksincha hamma vaqt oliyhimmat bo‘lishga intiladi. Shoir Arnaut de Maruel provans shoirlariga xos fikrni bayon qilib:

“Muhabbatsiz odam hurmatga sazovor bo‘la olmaydi” deb yozadi. Ishqqa bunday munosabatda bo‘lish hamma provans shoirlariga xos fazilatdir. (Sharqda g‘azal janri! U.H)

Provans trubadurlarining ishq fazilatlari haqidagi fikrlari Sharq faylasuflarining qarashlariga hamohangdir. Endilikda provans trudadurlari ishqiy lirikasining mazmuni, shakli uslubi asosida Sharq she'riyati yotganligi haqidagi fikrlar hyech kimda shubha qoldirmadi.

Sharq va G‘arb aloqalari markazi bo‘lmish Provansda shakllangan saroy sheoriyatning asosiy mavzui mahbuba go‘zalligini maqtash, oshiqning azob-uqbatlarini izhor qilishdan iborat. Ritsar ishqiy sheoriyati keyinchalik boshqa yevropa mamlakatlari, ayniqsa Italiyada Yoqimli yangi uslub va Olmoniyada minnezanglar sheoriyati sifatida keng tarqaladi. Mahbuba qiyofasining go‘zalligi ritsar shoirlari uchun (Sharqda ham shunday) birinchi shart edi. Ritsar muhabattida jismoniy yaqinlikka intilish mutloq uchramaydi.

Trubadurlar sheorning shakliga, qofiyalanishiga ortiqcha eotibor berar edilar.

Ikki uslub: yorqin uslub (munozara, bahs) tumanli uslub (kinoyali so‘zlar, murakkab, mavhum iboralar.) Oddiy xalq tushuna olmaydi.

Trubadurlar o‘rta asr poeziyasini yangi bosqichga olib chiqdilar. Biroq ularda sunoiylik va shaklbozlikka (formalizm) berilish kuchli bo‘lgan. Muhabbat mavzusi ritsarlik lirikasida murakkab sevgi qoidalarini yuzaga keltirib chiqaradi (30 ga yaqin qo‘shiqchi trubadur ayollar ham bo‘lgan).

Trubadurlar lirikasining eng gullagan davri - XII asr oxirlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrda ijod etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir (taxminan 1140-1195).

U dastlabki sheorlarini o‘z sinporining xotiniga, so‘ngra Angliya qirolichasi Elenoraga bag‘ishlagan (uning xizmatida bo‘lgan). Uning sheorlari nafis va ohangdor. Ventadorn sheoriyati sevgi ruhi bilan sug‘orilgan.

U sheorlaridan birida “Qalbingda sevgi bo‘lmasa bu dunyoda yashashni hojati yo‘q” – deydi. Xonimga: “Men sizni mulkingizman” – deb xitob qiladi.

Uning qo‘shiqlarini boshqa qo‘shiqlardan farqi haqida “ Chin qalbdan chiqqan poeziyagina mening uchun qimmatlidir. Lekin bu faqat haqiqiy sevgi xukmronlik qilgan qalbdagina bo‘lishi mumkin. Mening butun borlig‘imda sevgi hukumron” – deydi.

Bertran de Born esa aksincha asosan siyosiy mavzuda ijod qilgan. (taxminan

1140-1215 yillar).

U o‘zining sirventalari bilan mashxur bo‘lib, ularda tajavuzkorlik, jang lavhalari, ritsarlar urushlarini tasvirlagan. U qishda bahorni qumsaydi, chunki bahor sevgi fasligina emas, balki harbiy erishlar fasli hamdir.

Uning poeziyasida kurtuazcha nafis tuyg‘ular zo‘ravonlikka asoslangan eski, dag‘al ritsarp ideallari bilan qo‘shilib ketadi. Shuning uchun u oddiy xalqni “surbet”, “yalqov” deb atab, ularni iskanjada saqlashni targ‘ib etadi.




Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling