O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari
Download 1.19 Mb.
|
Баликчилик асослари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baliqlarning tangachalari
- Baliqlarning rangi
1-rasm. Olabug‘aning tashqi tuzilish sxemasi (shakli).
Baliqlarning harakatida suzgich qanotlari va ten qatlami muhim. Har bir suzgich qanoti yupqa teri pardasidan iborat bo‘lib, uni suyak suzgich qanot nurlari tutib turadi. Nurlari yozilganda ular orasidagi teri tortiladi va suzgich qanotining yuzasi kattalashadi. Baliqning orqa tomonida ikkita orqa suzgich qanoti joylashadi. Oldingisi katta va orqadagisi kichikroq bo‘ladi. Orqa suzgich qanotlarining soni baliqlarning har bir turlarida turlicha bo‘- lishi mumkin. Dumining uchida qo‘sh qanotli katta dum suzgich qanoti, ostki tomonida anal suzgich qanotlari joylashadi. Bu suzgich qanotlarining hammasi toq bo‘ladi. Baliqlarda juft suzgich qanotlar ham bor, ular hamma vaqt ikki juft bo‘ladi. Baliqda ko‘krak juft suzgich qanotlari (oldingi juft oyoqlari) boshining orqa tomonida, tananing yon tomonlari bo‘ylab qorin juft suzgich qanotlari (orqa juft oyoqlari) esa tananing ostki tomonida joyla- shadi. Oldinga harakat qilgan vaqtda dum suzgich qanoti asosiy rol o‘ynaydi. Juft suzgich qanotlari burilishda, to‘xtashda, oldinga tomon sekin harakat qilishda va muvozanatni saqlashda aha- miyatga ega. Orqa va anal suzgich qanotlari oldinga harakat qilishda va tik burilishda baliq tanasiga mustahkamlik beradi. Baliqlarning tangachalari Baliqlarning tanasi boshidan to dumiga qadar tangachalar bilan qoplangan. Ularda, asosan, to‘rt xil — plakoid (akula- simonlarda), ganoid (qalqonli cho‘rtanlarda), kosmoid (lati- meriyada) va suyak (ko‘pgina suyakdor baliqlarda) tangachalar uchraydi. Suyak tangachalar, o‘z navbatida, ktenoid va sikloid tangachalarga bo‘linadi. Ktenoid tangachaning tashqi qirrasi arra tishli, buni olabug‘ada ko‘rish mumkin. Sikloid tangachaning tashqi qirrasi esa silliq, zog‘orabaliqning tangachasi ham shunday. Suyak tangachalar bir-birining ustiga o‘rnashgan bo‘lib, yupqa va yengildir, bu esa baliqning tez harakat qilishiga imkoniyat tug‘- diradi. Bu xil tangachalar hozirgi zamondagi suyakli baliqlardan seldlar, losossimonlarda ham uchraydi. Tangachalar doimo terining ustki qatlami — asl teri (ko- rium)dan hosil bo‘ladi va shu qatlamga o‘rnashadi, shuning uchun tullamaydi. Faqat ayrim baliqlardagina tangachalar hosil bo‘lishida qisman epidermis ham ishtirok etadi. Tangachalar baliqning hayotida katta ahamiyatga ega, ularni muhofaza jihatidan baliqning zirhi deb atash mumkin. O‘z navbatida, tangachalarning usti ham teri bezlari ajratadigan shilimshiq modda bilan qop- langan. Bu modda baliqni turli xil mikroblardan saqlaydi, ustini moylab, silliqlab, suvning qarshiligini kamaytiradi. Ba’zi baliqlarda, chunonchi, laqqada tangacha bo‘lmaydi, unda yaydoq va qalin terisining o‘zi muhofaza xizmatini o‘taydi. Savatbaliq, dengiz toychasi kabi baliqlarda esa tangachalar bir- biri bilan qo‘shilib ketib, qalqon hosil qiladi. Tangachalarning yana bir ahamiyati shundaki, undagi yillik halqalarga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Baliq tanasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Har bir tangacha old chekkasi bilan teriga kirib turadi. Orqa chekkasi bilan esa navbatdagi qator tangachaning ustiga tushadi. Ularning ham- masi birgalikda himoya qoplamini — tana harakatiga xalaqit bermaydigan tangachalarni hosil qiladi. Baliq o‘sib kattalashgani sari tangachalar ham kattalashadi. Ularga qarab baliq yoshini aniqlash mumkin. Tangacha tashqi tomondan shilimshiq qavat bilan qoplangan. Shilimshiq teri bezlari ajratadi. Shilimshiq baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytiradi va bakteriya hamda zamburug‘lardan himoya qiladi. Baliqlarning rangi Baliqlarda uchraydigan kumushrang guanin moddasiga, boshqa ranglar esa pigmentli hujayralar — xromatoforlarga bog‘- liq. Xromatoforlar nerv ta’sirida rangini o‘zgartiradi, bu esa baliqning hayotida katta ahamiyatga ega. Baliqning rangi bilan tana shakli uni dushmandan muhofaza etadi. Chunonchi, kapalakbaliqning tiniq rangi uni xaspo‘shlab, dushmandan saqlasa, ustidagi ingichka tikanlari g‘animini cho‘- chitib qochiradi, qora xoli esa aldaydi. Kirpibaliq esa o‘zini dushmandan saqlash uchun ichini havo bilan to‘ldirib, tikanli sharga aylanib qoladi va hech qanday yirtqich unga tegishga jur’at etolmaydi. Dengiz ninasining xira rangi va qamishga o‘xshash uzun tanasi suvo‘tlar orasida uni begona ko‘zdan pana qiladi. Bundan tashqari, baliqlarning rangi jinsiga, yoshiga va hatto kayfiyatiga qarab ham o‘zgaradi. Suvning ustki qatlamida hayot kechiruvchi pelagik baliqlar rangi muhitning rangiga mos bo‘lib, tanasining orqa tomoni va qisman yonlari qoramtir yoki ko‘m-ko‘k, qorin va qisman yonlari kumushrang bo‘ladi. Bu xil rang baliqni xaspo‘shlab, ham tepadagi, ham pastdagi dushman ko‘zidan asraydi. Olabug‘a, cho‘rtan, dengiz toshboshi kabi suvo‘tlar orasida yashaydigan baliqlarning rangi ham shu joyga moslashgan bo‘lib, orqa va qisman yon tomonlari jigarrang, ba’zan ko‘kimtir yoki sarg‘ish rangda, bundan tashqari, ustida bir talay yo‘llari bo‘ladi. Marjon orollarida yashaydigan baliqlarning rangi ham har xil. Kambala kabi suvosti baliqlarining rangi ham o‘z muhitiga munosib. Gala bo‘lib yuradigan baliqlarning tanasida rangli nishon bo‘- ladi. U galadagi baliqlar bir-birlariga qarab, ma’lum tomonga suzishlariga yordam beradi. Bunday nishonlarning shakli turli- chadir. Chunonchi, katta gala bo‘lib yuradigan Amur golyanining nishoni yon tomoniga ko‘ndalang tushgan qora yo‘ldan iborat, taxirbaliqning dumi va yelka suzgichida qora yo‘li bor, yirik gala hosil qiladigan pikshaning esa birinchi orqa suzgichi ostida bitta qora xoli bo‘ladi. Kambala, buqabaliq, skorpena kabilar yashaydigan joyining rangiga qarab o‘z tusini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Shuningdek, yoshiga qarab rangini o‘zgartiradigan baliqlar ham oz emas. Masalan, losos, gulmohi kabi baliqlarda chavoqlarining tanasi ustida bo‘ladigan qora xollar ular o‘sgan sari yo‘qolib ketadi. Tikanbaliq, losos kabilarning erkaklarida urchish davrida rang o‘zgarishidan iborat «nikoh libosi» yuzaga keladi. Shuningdek, baliqlarda tana shakli va tuzilishining o‘zgarish hodisasi ham ularni xaspo‘shlab, dushmandan asraydi. Chunonchi, Amazonkada yashaydigan yaproqbaliqning shakli xuddi suvda qalqib yurgan bargga o‘xshaydi, Sargasso dengizidagi lattabaliqni esa suvo‘tlar- dan farqlash qiyin. Rangi bilan tana shaklini o‘zgartirish xusu- siyati baliqlarning hayot uchun kurashida muhim quroldir. Zog‘orabaliq skeleti juda ko‘p suyaklardan tuzilgan. Uning asosini umurtqa pog‘onasi tashkil etadi, u baliqning butun tanasi bo‘ylab boshidan to dumigacha cho‘zilib boradi. Umurtqa po- g‘onasi ko‘p umurtqalardan tashkil topgan (zog‘orabaliqda 39— 42 ta umurtqa bor). Skeleti, asosan, umurtqa pog‘onasini tashkil etadigan baliqlar va boshqa hayvonlar umurtqali hayvonlar, qolgan barcha hayvon- lar umurtqasiz hayvonlar deb ataladi. Zog‘orabaliq rivojlanayotgan vaqtda uvuldirig‘ida (ikrasida) uning kelgusi umurtqasi o‘rnida xorda hosil bo‘ladi. Keyinchalik xorda atrofida umurtqalar rivojlanadi. Voyaga yetgan zog‘orabaliqning umurtqalari orasida xorda- ning faqat kichikroq tog‘aysimon qoldiqlari saqlanib qoladi. Oq bakra, bakrabaliqda va ba’zi boshqa baliqlar turida xuddi lan- setnikdagi singari, xorda ularning butun hayoti davomida saq- lanib qoladi. Har bir umurtqa umurtqa tanasidan, ustki va ostki bir juft umurtqa yoylaridan iborat. Ustki qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi natijasida ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashadi. Gavda bo‘limidagi umurt- qalarga ikki yon tomonidan qilichsimon qovurg‘alar kelib bi- rikadi. Dum umurtqalarida qovurg‘alar bo‘lmaydi. Ularning ostki tomonida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Umurtqa po- g‘onasining oldingi uchi kalla suyagi bilan harakatsiz birikmada bo‘ladi. Suzgich qanotlarining skeleti suzgichlar yoylari suyak- laridan iborat. Zog‘orabaliqda juft qorin suyakchalari skeleti, umurtqani tanasi bilan tutashtirib turadigan kamar skeleti, rivojlanmagan bosh skeleti, bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat bo‘ladi. Har bir umurtqa tanadan va yuqoridagi uzun o‘simta bilan tugallanadigan ustki yoydan iborat bo‘ladi. Ustki yoylar ketma- ket yig‘ilib, orqa miya joylashgan umurtqa kanalini hosil qiladi. Jabra kamari suzg1ch qanotl skeletl Ko‘krak umurtqalarl qopqog‘i Yelka Ko‘krak Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling