Mashg‘ulotning maqsadi. Uchburchak va to‘rtburchak haqida ma’lumot berish. 4 sonining hosil bo'lishi, aytilishi va 4 soni ichida sonlar nomlanishini o‘rgatish.
Mashg‘ulot turi. Aralash.
Mashg‘ulot jihozlari:
daftar, qalam;
geometrik shakllar;
d) sanoq cho'plari.
Mashg‘ulotning borishi:
Mashg'ulotni tashkil etish.
0‘rganilgan mavzuni mustahkamlash.
1 va 2, 2 va 3 sonlarini taqqoslash. 1 soni 2 dan 1 ta kam,
shuning uchun К 2; 2 soni 3 dan 1 ta kam yoki 3 soni 2 dan 1 ta ortiq 2<3, 3>2 kabi tushunchalarning og‘zaki nomlanishini
singdirib borish.
Quyidagi misralar yordamida 3 soni haqidagi bilimlarni mus- tahkamlash mumkin:
Bilimingni baholab, Noiloj qoniqaman. Qachon o‘tar mendan deb, Ko‘z tikib toliqaman.
III Yangi mavzu ustida ishlash.
Idishdan 3 ta ko‘k, 1 ta qizil qalam olib, hammasi nechta bo‘lishini ko‘rsatish. Sonlar ketma-ketligini o‘sib borish tartibida (1, 2, 3, 4) va kamayib ketish tartibida (4, 3, 2, 1) zanjir bo‘lib sanash.
Bolalar diqqatini rasmlarga jalb qilib, o‘ynayotgan bolalarning soni, ularga nechta bola kelib qo‘shilgani, bolalar soni nechta bo‘lganini aniqlash (4 ta bo‘ldi). Shoxda 3 ta qush o‘tirgani, yana 1 ta qush kelib qo‘shilsa, nechta bo'lishini hisoblash. Gullarga qarab masala tuzish. Vazadagi gullar nechta, rangiga qarab og‘zaki masala tuzishga va yechishga o‘rgatish.
Uchburchak haqida.
Uning 3 ta tomoni, 3 ta uchi, 3 ta burchagi borligi, shuningdek, to‘rtburchakning 4 ta tomoni, 4 ta burchagi borligi haqida tushuncha berish.
Rasm daftar bilan ishlash. 4 sonining o‘qilishini mashq qilish jarayonida bolalarning og‘zaki nutqi mustahkamlanadi. Rasm daftardagi barglami bo'yash ishlarini mustaqil bajarish bolalarga havola etiladi.
4 SONI
4 sonining nomi aytilishi bilan tanishtirish.
Rasmga qarab, gullarning sonini taqqoslashga o'rgatish.
4 soni 3 sonidan keyin kelishini, 4 soni 3 dan 1 ta ko'pligini aytib, sonlar qatorini 4 gacha to‘g'ri va teskari tartibda sanashga o'rgatish.
Mashg'ulotni yakkuiash. Faol bblalarni rag'batlantirish.
SONI
Do'stlaringiz bilan baham: |