O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Bosh hisobchining asosiy vazifalari


Download 0.53 Mb.
bet93/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

Bosh hisobchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– buxgalteriya hisobini mazkur yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;


– buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylash-tirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;


– budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lar-ning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;


– tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobining qonun-chilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;


– tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipen-diyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;


– smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;


– pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shu-ningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiy-lashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;


– moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;


– moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalari hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;



200


– moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;

– tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);


– asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;


– buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlari, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);


– qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlash.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling