O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Download 1 Mb.
|
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma`ruza №5 Mavzu. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Kalendarlar (taqvimlar) Reja
- Tayanch so’z va iboralar
Nazorat savollari:
Olam qutbining balandligi va joyining geografik kengligi oraidagi qanday boglanish borligini tushintiring. Kuzatuvchi Yerning shimoliy qutbida bo’lsa,Olamning shimoliy qutbi gorizontga nisbatan qanday joylashishini ayting. Ekvatorda bo’lsa-chi? Turli kengliklarda, yil davomida Quyoshning sutkalik aylanishi qanday kechadi? Yoritkichlarning kuliminatsiyasi deb qanday hodisaga aytiladi va u necha xil bo’ladi? Yoritkichlarning kuliminatsiyalari uning og’ishi va kuzatuvchining kengligi orqali qanday ifodalanadi? Ma`ruza №5 Mavzu. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Kalendarlar (taqvimlar) Reja: Vaqtni o’lchashning asoslari. Kalendarlar (taqvimlar). Umar Xayyom kalendari. Tayanch so’z va iboralar: Yulduz sutkasi, Quyosh sutkasi, kuliminatsiya, ekliptika, Quyosh vaqti, atom saotlari, aniq vaqt, astronomiya institutlari, vaqt xizmati, mahalliy vaqtlar, dunyo vaqti, grinvich meridiani, poyas vaqti, xalqaro kelishuv, Oy kalendarlari, Oy fazalari, tropik yil, Sinodik davr, Quyosh kalendarlari, yulduzlar foni, musulmonlar taqvimi, hijriy taqvimlar, Qadimgi Misr, yulian kalendari, grigorian kalendari, Umar Xayyom kalendari, Malikshox zijji, Navro’z, kabisa yili, Jaloliy kalendari, Quyosh-hijriy taqvimi/ Amalda biz ishlatadigan vaqtni o’lchashda, Yerning o’z o’qi atrofida Quyoshga nisbatan bir to’la aylanib chiqish vaqti-Quyosh sutkasi asos qilib olinadi. Quyosh sutkasi deb, Quyoshni ikki marta ketma-ket yuqori kulminasiyasidan (boshqacha aytganda - tush paytidan) o’tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. Bu vaqt, aslida doimo bir hil bo’lmay, bir oz o’zgarib turadi. Buning sababi, Quyoshning ekliptika bo’ylab ko’rinma harakatining notekisligidadir. Shu sababdan amalda sutkaning uzunligi uchun Quyosh sutkasining o’rtacha qiymati olinadi va u 24 soat qilib belgilanadi. Quyosh vaqtini aniqlash va soatlarni tekshirish uchun Quyoshning kulminasiyadalik momentini (ya’ni tush paytini) belgilash muxim. Biroq Quyoshning diametri kattagina burchak (30) ostida ko’ringanidan, uning markazining kulminasiyada bo’lish vaqtini aniq belgilash mushkul. Shuning uchun ham astronomlar Quyosh o’rniga yulduzlardan ihtiyoriy birining kulminasiyasini belgilab olib, keyin unga tayangan holda, Quyoshning aniq kulminasiya vaqtini topadilar. Buning uchun tanlangan yulduzning va Quyoshning kulminasiyasida bo’lishi vaqtlarining farqi, istalgan vaqt uchun, astronomlar tomonidan oldindan xisoblanib, jadval ko’rinishida tuzib ko’yilgan bo’ladi. Shu jadval asosida, unda keltirilgan biror yulduz kulminasiyada bo’lganda, unga ko’ra Quyoshning kulminasiya vaqti (tush payti) aniqlanadi. Keyin bu ma’lumotga tayanib, Quyosh vaqti oson topiladi. Astronomlar tomonidan topib berilgan aniq vaqtni "asrash" uchun, mahsus atom soatlaridan foydalaniladi. Bunday soatlarning yurishi, atomda o’zgarmas chastotali tebranma jarayonlarga tayanganidan, juda yuqori aniqlikka ega bo’ladi. Aniq vaqtni belgilash, uni "asrash" va uni vaqti-vaqti bilan yulduzlarga qarab to’g’rilab turish bilan Astronomiya institutlari (yohud observatoriyalari) qoshida tashkil etilgan "Vaqt hizmati" bo’limlari shug’ullanadi. Hususan Toshkent Astronomiya instituti qoshida ham shunday bo’lim mavjud bo’lib, u mamlakatimiz va hatto dunyo ahliga aniq vaqt hizmatini ko’rsatishda ko’p yillardan beri aktiv ishtiroq etadi. Ma’lum joylarning aniq mahalliy vaqtlarini bilish, bu joylarning geografik uzunlamalarini aniqlash uchun ham zarurdir. Ihtiyoriy 1 va 2 uzunlamalarga ega bo’lgan punktlarning mahalliy vaqtlari –T1 va T2 orasida ko’yidagicha bog’lanish mavjud: 1-2= T1 - T2. Dunyo vaqti: uzunlamasi nolga teng bo’lgan meridianning (ya’ni Grinvich meridianining) mahalliy vaqti, shartli ravishda, dunyo vaqti – T0 qilib olingan. Ihtiyoriy uzunlamaga ega bo’lgan punktning mahalliy vaqti - T, dunyo vaqti– T0 orqali qo’yidagicha topiladi: T =T0+. Poyas vaqti: Yer sharida cheksiz ko’p meridian o’tkazish mumkin bo’lib, ularga tegishli mahalliy vaqtlar ham cheksiz ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham amalda mahalliy vaqtdan foydalanib bo’lmaydi. Shu boisdan, Halqaro kelishuvga muvofiq, Yer shari 24 ta poyasga bo’lingan. Har bir poyas, bir-biridan uzunlamalari o’rtacha 15 farq qiluvchi meridianlar bilan chegaralanadi va ular tartib bilan, 0 dan 23 gacha (0, 1, 2, 3, 4. . . 23) nomerlanadi. Shuningdek har bir poyas chegarasida yotgan bittadan meridian asosiy meridian qilib tanlanadi. Asosiy meridianlarning uzunlamalari mos ravishda 0h, 1h, 2h, 3h, 4h. . . 23h qilib qabul qilingan. Bunda uzunlamasi 1h bo’lgan meridian esa –1 poyas o’rtasidan o’tadigan qilib olinadi. Ihtiyoriy N-nomerli poyas chegarasida yotgan va m uzunlamaga ega bo’lgan punktning mahalliy (Tm) va poyas (Tp) vaqtlari orasidagi bog’lanish qo’yidagicha ifodalanadi: m - as= Tm – Tp chunki as – mazkur poyasning o’rtasidan o’tgan asosiy meridianning uzunlamasini, Tp – esa shu meridianga tegishli mahalliy vaqtni ifodalaydi. Aslida as=Nh bo’lganidan, bu ifoda ko’pincha m-Nh=Tm – Tp ko’rinishida yoziladi. Bu tenglama, poyas vaqti (Tp) berilgan bo’lsa, mahalliy vaqtni (Tm ) topishga (yoki aksincha) imkon beradi, ya’ni: Tp = Tm- m + Nh yoki Tm = Tp+ m - Nh Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling