O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet52/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

O‘yinga rahbarlik qilish. O‘yinni izohlab tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi o‘yinning nomini aytib, mazmunini tushuntirgach, qoidalarni bayon etadi. O‘yinni tushuntirar ekan, u har bir personajning harakati mazmunini, ma’nosini ta’kidlab, har bir harakat xususiyatining mohiyatini ochib beradi (tovuqlar tulki ularni olib qochishga urinmasligi uchun tez-tez harakat qilib, qo‘noqlariga chiqib oladilar). Bunda faqat eng asosiy ma’noni ochib berish kerak. Izoh esa, aniq va jonli bo‘lishi kerak. Tarbiyachi o‘yinni birinchi marta tushuntirib berayotganida, bolalarga qiyin bo‘lgan harakatlarni yoki o‘zi ko‘rsatib beradi, yoki buning uchun bolalardan birini tanlaydi.
Bolalar o‘yinni to‘g‘ri tushunganliklariga hamda uning harakat mazmunini yaxshi tasavvur etishlariga ishonch hosil qilish juda muhimdir. Boshlovchi o‘z vazifasini qanchalik to‘g‘ri tushunganini aniqlash zarur (uydan tashqariga chiqib olgandan keyin tutmaslik va hokazo).
O‘rta guruhda tarbiyachi boshlovchi vazifasini kamdan kam o‘ynaydi. Yil davomida u barcha bolalarni ham boshlovchi bo‘lishga o‘rgatadi. Tarbiyachi bolalarni boshlovchilik vazifasi- ga tanlar ekan, har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga oladi. Masalan, yumshoq tabiat, uyatchan bolaga birdan bo‘ri yoki ayiq vazifasini bermaydi, chunki u vazifalar qat’iyat va tezkorlik bilan harakat qilishni talab qiladi. Bora-bora bolalarning o‘zlari ham boshlovchi tanlash ishiga jalb qilinishlari mumkin. Bolalarni mas’uliyatli vazifasini bajarishga sanoq yordamida tanlash mumkin.
    1. §. Katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodlari


Bolalarni hayotga tayyorlashda harakatli o‘yinlarni o‘tkazib turish shartdir. Harakatli o‘yin kunning har xil qismida va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi. Tarbiyachi tomonidan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar 20 minutgacha davom etadi. Ertalab, nonushtaga qadar bolalarni qiziqtiradigan, kam harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi.


Nonushtadan keyin o‘tiladigan mashg‘ulot (rasm chizish, narsa yasash, ona tili, sanoq va hokazo) boladan uzoq vaqt bir holatda turishni va diqqatni bir joyga to‘plashni talab etsa, unday vaqtda individual va kichik guruhlarga bo‘linib, uncha katta bo‘lmagan jadallikdagi harakatli o‘yinlarni (halqaga tashash, kegli, ashula aytib o‘ynaladigan o‘yinlar va hokazo) o‘ynash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida tarbiyachi birnecha oddiy mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqasi) ni bajarish mumkin. Bu mashqlar xona bo‘ylab harakat qilishni nazarda tutmaslik kerak, ular stol atrofida o‘tirib yoki oraliqda (bo‘g‘imlarni aylantirish, qo‘llarni silkitish, boshni burish, cho‘qqayish, engashish, burilish va hokazo). Mashg‘ulotlar orasidagi vaqtda mashqlar bilan ko‘p shug‘ullanmaslik kerak. Bolalarda ham, tarbiyachida ham muomalali bo‘lish, fikr almashish, navbatdagi mashg‘ulotga tayyorlanish uchun bo‘sh vaqt qolishi kerak.
Sayr vaqtida (ham ertalabki, ham kechqurun) harakatli fao- liyat bilan faol shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi sayr vaqtida bolalarning har xil o‘yinlar: harakatli, qurilish, mazmunli rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar o‘ynashlarini, sport mashqlarida qatnashishlarini kuzatib turadi. Yugurish, sakrash bilan bajariladigan jadal harakatli o‘yinlarni sokinroq o‘yinlar bilan navbatlashtirib turish muhimdir.
Maydonda tarbiyachi rahbarligida bolalar bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar ikki reja asosida amalga oshiriladi. Tarbiyachi bolalarning qiziqishi bo‘yicha harakatli
o‘yinlar o‘ynash uchun bolalarga mustaqil sur’atda uncha katta bo‘lmagan guruhlarga birlashishni taklif etadi, boshlovchi tanlashda ularga yordam beradi, qoidani eslatadi, boshlagan o‘yinni davom ettirganlarni rag‘batlantiradi, bunday o‘yinlarga tabiatan vazmin, uyatchan bolalarni kiritishga harakat qiladi. Shu bilan birga har kuni sayr vaqtida tarbiyaviy ishning rejasi ostida bitta yoki bir nechta harakatli o‘yinlar o‘tkazadi. Katta guruhda jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni tashkil qilish ko‘p vaqt olmaydi. Bolalar bu o‘yinlarni yaxshi ko‘radilar. Ishoraga qarab o‘yinga hammalarining yig‘ilishlarini oldindan kelishib olish mumkin.
O‘yinda tarbiyachi hamma bolalarni ishtirok ettirishga intilar ekan, ularning ijodiy o‘yinlariga hurmat bilan qarashi kerak. Agar bolalardan birontasi o‘yin vaqtida o‘zining ijodiy o‘yini bilan band bo‘lsa, uni harakatli o‘yinga ishtirok etishga majbur qilmaslik kerak. U bilan biroz qiyinroq individual holda o‘ynash mumkin.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling