Harakatli o‘yinlar variantlari. Harakatli o‘yinlarni
o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Biroq variantlar
faqat o‘yinni rang-baranglashtirish, bolalarning unga nisbatan qiziqishini saqlab turish uchungina emas, balki pedagogik vazifalar harakatlari takomillashtirish birmuncha murakkab o‘yin harakatlari qoidalarini bajarishda o‘yin vaziyati sharoitining o‘zgarishi asqotadigan jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun ham zarur. Ular bolalardan muayyan aqliy va jismoniy kuchli va shu bilan birga o‘yinga nisbatan ortib boruvchi qiziqishni talab qiladi.
Harakatli o‘yinlar variantlarini tarbiyachining o‘zi yarati- shi mumkin. Bunda u o‘z guruhidagi bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanganligini hisobga oladi, va ularga qo‘yiladigan talablarning tobora oshib borishini ko‘zda tutadi. Ayrim o‘yinlar to‘plamlarida taxminiy variantlar ko‘rsatiladi.
Harakatli o‘yinlar va maxsus tanlangan mashqlar munosabati. Harakatli o‘yinlar maxsus mashqlarga o‘zaro bog‘liqdir. Harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishga uchinchi bosqichda bolaning ko‘nikmani ijodiy qo‘llay olishiga tayyorligi bilan xarakterlanadigan o‘ziga xos jarayonning davomi sifatida qarash lozim.
Qiziqarli vazifaga berilib ketishda bolaga mashq xuddi shu harakatlarni bajarish darajasidan ustunroq bo‘lgan harakatning yuqori texnikasini egallashga yordam beradi. Bolalarning o‘yin vazifasini iloji boricha tezroq bajarishga va muvaffaqiyatga eri shishga intilish harakatlarni takomillashtirishning garovi hisob- lanadi. Shunday qilib, bola o‘yin harakatlarida orttirgan ko‘nik- malarini yangi, birmuncha murakkab vaziyatlarga moslangan holda mustaqil qo‘shib olib borishga o‘rganadi.
Kichik guruhlarda o‘yin mashqlardan ta’limiy maqsadda foydalaniladi. Bolalarga ular uchun qiziqarli bo‘lgan topshiriqlar
– ko‘prikchadan o‘tish, jilg‘adan hatlab o‘tish, sichqonchaday ovoz chiqarmay yugurish taklif etiladi. Bu mashqlarning barchasi o‘z mohiyatini (mashq sifatidagi) saqlagan holda o‘yin xususiyatiga ega bo‘ladi va bolalar tomonidan ishtiyoq bilan bajariladi. Harakatli o‘yinlarda bu mashqlar o‘yin syujetining tabiiy komponenti hisoblanadi, ular tufayli bolalarning harakati takomill ashadi va o‘ziga xos emotsional obrazli ifodalilik kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |