O‘rta maxsus kasb-hunar
Download 0.83 Mb.
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
O‘yinga rahbarlik qilish. O‘yinga tayyorgarlik va yig‘ilish endilikda na tarbiyachini, na bolalarni qiynaydi. Bolalar ancha- gina mustaqil va uyushgan, ular o‘yin uchun zarur sharoit (jihoz larni tayyorlash, maydonchani tozalash va hokazo)ni yaratishda yordamlashadilar.
O‘yinda mas’uliyatli vazifalarni bolalarning o‘zlari bajarishadi. O‘yinda tarbiyachining ishtirok etishi shart emas. U o‘yin davomida o‘yinga rahbarlik qilib, o‘yin qoidalarini eslatib, uning bajarilishini diqqat bilan nazorat qilib boradi, signallar berib turadi, shuningdek, bolalar harakatlarini to‘g‘riligini kuzatib boradi. Biroq, ba’zan o‘yinda tarbiyachining ishtirok etishi shart bo‘lib qoladi. U mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olib tutib oluvchi qanday tez harakat qilishi, o‘yinda u yoki bu harakatni qanday qilib to‘g‘ri bajarishi kerakligini ko‘rsatishi mumkin. O‘yinda tarbiyachining ishtirok etishi o‘yinni jonlantirib yuboradi, bolalar o‘yinga bajonidil kirishadilar. Rollarga bo‘linish ko‘pincha tarbiyachi ishtirokida, ayniqsa teng kuchli zvenolarga bo‘linish vaqtida amalga oshiriladi. Rollarga bo‘linishda va boshlovchini tanlashda hazil sanoqlaridan foydalaniladi. Masalan: Bir, ikki-o‘n olti, O‘n olti deb Kim aytdi? Tishim bir tushib, chiqdi, Yoshim yettiga yetdi. Onaboshini mana shunday usulda ham tanlash mumkin. Bolalar doira bo‘ylab turadilar, tarbiyachi bolalardan birining ismini aytadi, u bola oldinga bir qadam tashlab, tezda o‘nlik ichidagi sonlardan birini aytadi va qaysi tomonga – o‘ngga, chapga sanab borishni aytib qo‘shimcha qiladi. Shunga muvofiq bola doira bo‘ylab kerakli raqamgacha sanab boradi. Aytilgan raqam kimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha bola onaboshi bo‘ladi. Katta guruhda o‘yinni tushuntirish oldingi guruhlardan faqat o‘yin davomida olib borilishi bilangina farq qilmaydi. Tarbiyachi o‘yinni boshidan oxirigacha tushuntiradi, ayniqsa uning qoidasiga bolalar e’tiborini jalb etadi. O‘yinning muvaffaqiyatli o‘tishi bolalarning o‘yin qoidasini qanchalik tushunganliklariga bog‘liq. Tarbiyachi savollar berish, qoidani qaytarish, mazmunini mustaqil so‘zlab berishni taklif etish orqali bolalar o‘yin, o‘yinning borishini va uning qoidasini tushunganliklari haqida qanoat hosil qiladi. Bolalarga tanish o‘yinlarni takrorlashda u bolalarga o‘yin va uning asosiy qoidasini so‘zlab bering deb iltimos qiladi. Tarbiyachi o‘yin oxirida yakun yasaydi, bolalarni yutug‘i, kamchiligini aytib, kim qoidalarni buzganini aytadi. Yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling