O‘rta maxsus kasb-hunar
Download 0.83 Mb.
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
2-§. O‘yinlarning tasnifi2-§. OMaktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yinlar- ning turli tavsiflari mavjud. O‘yinlar mazmuniga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: qoidali harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari. Sport o‘yinlarida eng avvalo maktabgacha yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi, shuning uchun faqat ular bob sodda biroq harakat texnikasi quyidagilari o‘yini tashkil etishning haqiqiy elementlari tanlanadi. Shu tufayli o‘yin omillari bolalarda katta kishilarda bo‘lganidek, jismoniy va asabiy zo‘riqish uyg‘otmaydi. Ayni paytda ular bolalarda harakatlarning maqsadga intilganini qunt, intizomlilik, o‘rtoqlik va mas’uliyat hissini sportga muhabbatni tarbiyalaydi. Harakatli qoidali o‘yinlarga syujetli va syujetsiz o‘yinlar kiradi. Sport o‘yinlariga voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Syujetli harakatli o‘yinlar hayotiy va afsonaviy epizodlarni shartli shaklda aks ettiradi. Bolalarni ijodiy amalga oshiriladi- gan o‘yin obrazlari jalb etadi. Syujetsiz harakatli o‘yinlar bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan, tushunarli, maqsadga erishishda ularga yordam beruvchi harakatli o‘yin topshiriqlardan iboratdir. Ular ham o‘z navbatida yugurib o‘tish, quvlashmachoq va hokazolar turidagi o‘yinlar musobaqa elementlari mavjud o‘yinlar (kimning zvenosi tezroq saflanadi. Kim o‘z bayroqchasiga tezroq yetib bora oladi va h.k.) murakkab bo‘lmagan o‘yin–estafetalar (kim to‘pni tezroq uzatdi), buyumlar (to‘plar, chambaraklar, arg‘imchoqlar, keglilar) bilan bajariladigan o‘yinlar, harakat mazmuniga ko‘ra farqlanadigan o‘yinlar (ko‘p qo‘llaniladigan harakat turi – yugurish, sakrash, uloqtirish va h.k.). Shuningdek, kichik yoshli bolalarga o‘yin ermaklari (chapak- chapak, shoxli echki va boshqalar) ham mavjud. Sport o‘yinlari bolalar bog‘chalarining katta va maktabga tayyorlov guruhlarida sport o‘yinlarini o‘tkaziladi. Ular bolalar musobaqa o‘yin estafetasi elementlari mavjud harakatli o‘yinlarni uyushgan holda o‘ynaydigan va harakatli o‘yinni mustaqil tashkil etadigan bo‘lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport o‘yinlari harakatli o‘yinlardagidan ko‘proq o‘zini tuta bilishi uyushqoqlikni kuzatuvchanlikni muayyan harakat texnikasini harakatining tezkor reaksiyasini egallashni talab qiladi. Sog‘lomlashtirish ta’limi va tarbiyaviy vazifalarning birligi, ular yordamida hosil bo‘ladigan emotsional ko‘tarinkilik, harakatlarni takomillashtirish mumkinligi, u yoki bu o‘yinni birlashtirib tuiuvchi belgi hisoblanadi. Biroq, agar harakatli o‘yinlarda bolalar ijobiy tashabbus ko‘rsatgan holda turli harakatlardan foydalansalar, sport o‘yinlarida harakatlarning bir qator chegaralanganligi kuzatiladi. Bu mazkur o‘yinning o‘ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi bilan belgilanadi. Sport o‘yinlarida qatnashuvchilar soni aniq belgilanadi, ularning vazifalari taqsimlangan o‘yin muddati vaqti chegaralangan bo‘ladi. O‘yinlarni o‘tkazish shartlari maxsus tayyorlangan joyni, belgilangan maydonchani va tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinlarida bolalar sport o‘yinlari texnikasining umumiy talablariga javob beruvchi to‘g‘ri ko‘- nikmalarni egallaydilar. Bu ko‘nikmalar o‘yinlarni ko‘pinchalik qayta o‘rganishni istisno etadi va maktabga tayyorlanish uchun muhimdir. Bolalarning sport o‘yinlarini (basketbol, voleybol, tennis) o‘ynashi uchun ular to‘pni erkin egallash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari muhimdir. To‘p bilan harakat qilish tutib olish, ilib olish va ushlab tuish, to‘pni yo‘nalishini belgilay olish, fazoda to‘g‘ri mo‘ljal olish kabi zarur malakalarni rivojlantiradi. Bun- dan tashqari maktabga tayyorlov guruhida bolalarni to‘pni olib yurish (urib qaytarish) ilib olish, uzatish bir-biriga otish, shu- ningdek, to‘pni savatga tashlash kabi usullarga o‘rgatish lozim. Bu harakatlar basketbol o‘yinining asosiy usullari hisoblanadi. Harakartli o‘yinlarning mavjud to‘plamlarida tavsifga ko‘p uchraydigan harakat turiga xos belgilar (yugurish yoki sakrash, uloqtirish, tirmashish va h.k.) asos qilib olingan. Harakatli o‘yinlarni asosiy harakatlarning har bir turi bo‘yicha tanlashda yosh guruhlari o‘rtasidagi vorislikka rioya qilinadi. Bu tarbi- yachiga o‘yinlarni bolalarda muayyan harakat ko‘nikmalarining shakllanishi bilan bog‘liq ravishda rejalashtirishga yordam beradi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling