O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning
uch bosqichi belgilangan: Birinchi bosqich — 1997–2001 yillarni qamrab olib, ushbu davrda mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida mazkur tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida 1998-yil 5-yanvarda «Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 4 – sonli hamda, «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi 5-sonli, 1998-yil 28-yanvarda «Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish to‘g‘risida»gi 48-sonli, 1998-yil 24-fevralda «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini 132 tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida»gi 77-sonli, 1998-yil 13-mayda «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 204-sonli qarorlari qabul qilindi. Qisqa vaqt ichida kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha respublika hukumatining bir nechta qarorlari qabul qilinganligi ushbu masalaga davlat e’tiborining yaqqol dalolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uzluksiz ta’lim tizimi turlarida qo‘llaniladigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar majmui va boshqa o‘quv vositalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqdilar. O‘quv dasturlari darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tanlov asosida yaratish, muhokamadan o‘tkazish va nashr etish tartibi joriy etildi. Uzluksiz ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan davlat ta’lim standartlari, kasb-hunar ta’lim turlari bo‘yicha yo‘nalishlar mutaxassisliklar va kasblar klassifikatori hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim va oliy mutaxassislarning malaka tavsiflari ishlab chiqildi. Xususan, oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklar klassifikatori O‘zbekiston Respublikasining Axborotlarni kodlash va tasniflash yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. U YUNESKO tomonidan 1997-yil mart oyida qabul qilingan ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi tamoyillari asosida tuzilgan. Oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassislari klassifikatori O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishning barcha bosqichlarida, shuningdek, mamlakatimizning davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini qamrab oluvchi xalqaro munosabatlari amaliyotida, axborotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash va ayirboshlash jarayonida: 133 — o‘qishga qabul qilish va mutaxassislar tayyorlashni bosh- qarish; — mutaxassislar tayyorlash va ularni ishga joylashtirishning statistik hisoboti; — O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar ta’lim statistikasini taqqoslash; — O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining xalqaro ta’lim tuzilmasi uyg‘unlashuvi vazifalarini hal qilishda foydalanishga mo‘ljallangan. Klassifikator — oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati hisoblanadi. Unda sakkizta bilim sohasi nazarda tutilgan: 1. Ta’lim. 2. Gumanitar fanlar va san’at. 3. Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq. 4. Fanlar. 5. Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari. 6. Qishloq xo‘jaligi. 7. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot. 8. Xizmatlar. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan asosli ravishda uzluksiz ta’limning «O‘zbek modeli», deb e’tirof etilmoqda. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyati, iqtisodiyoti, fan, texnika va texnologiyalarining yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini yaratishga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limning mazkur modeli O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlashning muhim omili vazifasini muvaffaqiyatli o‘tamoqda. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling