221
G L O S S A R I Y
AXLOQ- (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis — xulq-atvor) —
ijtimoiy ong
shakllaridan biri, ma’naviy hayot hodisasi, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha.
Kishilarning tarixan
tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi,
ijtimoiy va shaxsiy
hayotdagi o‘zaro, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini
tartibga solib
turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig‘indisi. A.
normalari kishilarning
hatti-harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bunda ba’zi hatti-harakatlar,
xulq-atvorlar
A.iy, ba’zilari A.sizlik deb baholanadi. A. ijtimoiy ongning eng qad. shakllaridan
biridir. Davr o‘zgara borgan sari har qanday hodisa kabi A. ham o‘zgaradi,
rivojlanib,
takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biriga aylanib
boradi. A.ni alohida fal-iy fan – “Etika” yoki “Axloqshunoslik” o‘rganadi. Ilm, bilim,
dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o‘ziga xos tarzda aks etadi.
Insoniylik madaniyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo‘ladi. A.
ijtimoiy
munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini
idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos
bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishi hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: