Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
AXLOQIY IDEAL-axloq -me’yorlarining yuksak, orzu qilingan darajadagi tasavvufi, barcha eng yaxshi xislatlarga ega, har tomonlama tarbiyalangan inson obrazi. AXLOQIY MADANIYAT-axloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g‘oyalar, ko‘nikmalar va ularga amal qilinish. AXLOQIY ME’YORLAR-jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari, ular urf- odat, ko‘nikma, marosim qoidalari sifatida namoyon bo‘ladi, axloqiy qadriyatlar sifatida qaraladi, ularga amal qilmaslik jamoatchilik tomonidan qoralanadi. AXLOQIY TARBIYA-inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga yoshligidan boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burch-mas’uliyat, sog‘lom turmush tarzi, or-nomus, sharm-hayo, Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod mustahkamligi xislatlarining singdirib borilish jarayonidir. AXLOQIY TAFAKKUR-axloq masalalariga bag‘ishlangan fikrlar, qarashlar g‘oyalar, har bir insonnning axloqiy me’yorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy mushohada qilish jarayoni. AXLOQIY FAZILATLAR - inson xulq-atvori, yurish-turishidagi eng yuksak, ijobiy hatti-harakatlar, o‘y-fikrlar va ezgu amallar majmuasi: ezgulikka intilish, yaxshilik qilish, izzat-hurmatli bo‘lish, mehnatsevarlik, or-nomusli bo‘lish, vatanparvarlik, insonparvarlik, saxovatlilik, halollik, pokizalik kabi xislatlarning namoyon bo‘lishi AXLOQSIZLIK-jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlardan chetga chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘g‘rilik, hasad, g‘iybat, tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy xislatlarning namoyon bo‘lishi. ADOLAT — yuksak ma’naviy tushuncha bo‘lib, uning E. va Yo. hamda Ya. va Yo. dan asosiy asosiy farqi shundaki, A. ning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu 223 bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; A. da ikki ma’naviy jihat – ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham dyeyish mumkin: u talab b-n taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. A. bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘q. Eng oddiy, ibtidoiy fazilatlar, m., mehribonlik, shafqat, muruvvat hayvonlarda ham mavjud, lekin hayvonlarda ular o‘z guruhiga, eng avvalo, o‘z zurriyotiga qaratilgan bo‘ladi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling