Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
ANDISHA — yuksak ma’naviyatga xos, axloqiy tarbiya natijasida shakllanadigan ma’naviy-axloqiy tushuncha, Etika fanining me’yoriy tushunchasi, “Ma’naviyatshunoslik”, “Ma’naviyat asoslari” fanlarining asosiy kategoriyalaridan biri. Kishilar b-n bo‘lgan munosabatda oqibatini atroflicha o‘ylab munosabatda bo‘lish, mulohaza qilish A.ning o‘ziga xos xususiyatlaridandir. A.li inson o‘z hatti- harakati, ma’naviy-ruhiy qarashlarida yuksak axloqiy tamoyillardan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi. Bunday inson o‘zgalarni oliyjanob axloqiy me’yorlarga asoslangan holda qadrlaydi. BURCH — jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar b-n mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida B. ga sadoqat yoki xiyonat yotadi. B. ning insonlik B.i, musulmonlik B.i, nasroniylik B.i, fuqarolik B.i, otalik B.i, onalik B.i, farzandlik B.i singari barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik B.i, shifokorlik B.i, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. B. tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. VIJDON — ma’naviyatdagi ta’sir doirasi nihoyatda keng tushunchalardan biri. V. – Z. Froyd ta’biri b-n aytganda, alo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, V. uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, V. azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi. BO‘YINBOG‘ - bo‘ynibog‘ doimo egasining didini aks ettirib keladigan aksessuar hisoblanadi. Kostyum-shim bilan kiyish uchun ipak yoki sun’iy ipakdan bo‘lgan yoki sun’iy toladan hamda bir-ikkita sherst bo‘yinbog‘lar xarid qilib olish lozim. Bo‘yinbog‘ni tanlash kostyum fasoni va matosining rangi, rasmiga bog‘liq. 224 Jiddiy kostyumga tabiiy hamda sun’iy ipakdan bo‘lgan bo‘yinbog‘lar to‘g‘ri keladi. Kapalaksifat bo‘yinbog‘lar alohida vaziyatlar uchun mo‘ljallangan. Ular odmi va nafis tusda bo‘lishlari lozim. Mayda rasmli kostyumga har qanday bo‘yinbog‘ bo‘laveradi. Olachipor kostyumga bir tusdagi bo‘yinbog‘ mos tushsa yaxshiroq bo‘ladi. Ammo bunda ikkita qoidaga amal qilish lozim: yo bo‘yinbog‘ni tanlayotganda uni kostyum rangi bilan bir tusda, ammo sal ochroq yoki sal to‘qroq bo‘lishiga harakat qilish kerak. Chunki bu bilan ular bir-birini to‘ldirib turadi, yoki kostyum va bo‘yinbog‘ bir-biriga qarama-qarshi tusda (albatta, uyg‘unlashgan holda) bo‘lishi lozim. Lekin bundan qarama-qarshilik sizda yagona bo‘lishi kerak! Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling