Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA (M.a.t.) yuksak ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni. Ma’naviyat  tarbiyaning 
eng ta’sirchan quroli va ayni paytda uning natijasi. Axloq  ma’naviyatning o‘zagi. 
Axloq  bu avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani. Qadimgi 
ajdodlarimiz komil inson tarbiyasi haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, 
zamonaviy tilda aytsak, Sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. M.a.t.da axloq 
bilan ma’naviyat mezonlariga asoslanib, insonda ma’naviyat hamda axloqni 
shakllantirish va rivojlantirish, takomillashtirish uchun ta’sirni kuchaytirishga e’tibor 
qilinadi.
NUTQ- bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan 
foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda 
vaziyat kabi hodisalar bilan muhim munosabatda nomoyon bo‘lishidir. Nutq jarayoni 
- tilning o‘z vazifasini bajarish hamda amalga oshirish jarayonidir. 
 
MUNOZARA- biror masala yuzasidan taraflarning bahsini, tortiShuvini 
anglatadi. Baho jarayonida har bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga 
intiladi. Munozarada so‘zlanadigan nutq mavzu mazmunini ochuvchi dalillarga 
hayajonli, tinglovchilarni qiziqtiradigan va muhokamaga tortiladigan bo‘lishi lozim. 
Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning shaxsiga 
tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi. 
 
MUOMALA MADANIYATI -insonlar, xalqlar, millat va elatlar, qavmlar 
orasida o‘zaro ma’naviy aloqa, salomlashuv, so‘zlashuv, kelishuv va boshqa insoniy 
munosabatlardir. Muhim aloqa vositasi-M.m. ikki yoki undan ortiq kishilarning 
o‘zaro suhbatini, munosabatini ko‘rsatuvchi omil. M.m. nafaqat kishilar orasidagi 
aloqa vositasi, balki shu bilan birga dunyoning, olamning ma’naviy instrumenti 
hamdir. Sizning qanday Shaxs ekaningizni, o‘zaro muloqotda o‘z ifodasini topadi. 


227 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling