Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
OHANG - suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning 
gramatik qurilishi hali yetarli emas, bu yerda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim 
rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi. 
So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum 
darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali yoki 
tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish – turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega 
bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning 
o‘zi qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir yetishi mumkin. 
Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. 
Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki 
yengil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning ma’nosi umuman 
tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish 
imkoniyatini yaxshilash darajasida bo‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir. 
 
BAHS – shaxslar o‘rtasidagi u yoki bu mavzudagi tortiShuvi hisoblanadi. Bahs 
qoidasi: hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o‘zgartirish juda qiyin 
masaladir. Agar o‘z qarashlaringizni boshqa birovga o‘tkazishni istasangiz, uning 
fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato qilish 
ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga 
yakun yasaydi hamda sizdagi bu fikrlashdagi haqqoniyligini o‘zida ham yaratishga 
harakat qiladi. Shu bilan hamsuhbatingizni o‘zi ham siz kabi nohaq bo‘lishini tan 
olishiga imkon beradi. 
 
KASBIY ODOB - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini 
kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-
nomus, qadr-qimmat kabi hatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar 
kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Odob (arab. adab so‘zining ko‘pligi) – 
jamiyatda e’tirof etilgan xulq normasi. Shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini 
ifodalaydi va o‘zgalar b-n munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da 
namoyon bo‘ladi. Odob negizida axloqning ba’zi tamoyil va me’yorlari, Shuningdek, 
maqsadga muvofiqlik va go‘zallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat 
orasida o‘zini qanday tutishi, odamlar b-n qay yo‘sinda muomala qilishi, o‘z 
turmushi, bo‘sh vaqtini qanday tashkil yetishi, inson tashqi qiyofasi qanday bo‘lishi 
lozimligiga tegishli qoidalar (masalan, sharm-hayo, kamtarlik, xushmuomalalik 
kabilar)ni o‘z ichiga oladi. 
KAMTARLIK – avvalo, o‘z–o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, ishiga, 
bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch – quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir.


226 
Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, 
u kishilar bilan Shunchalik sodda kamtarona muomala qiladi, o‘z ishlariga va 
harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. Boshqalarga nisbatan shirinsuxan bo‘ladi.
Kamtar inson boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, o‘ziga bino qo‘yib, soxta 
shuxrat ketidan quvmaydi, yutuqlardan esankiramaydi. Kamtarlik - tortinchoqlik
va haddan tashqari andishalilikdan farq qiladi. Ular orqasidan inson o‘z qadr–
qimmatini tushirib qo‘yish mumkin. Kamtarlik tabiiylikdan kelib chiqadi. U 
kishilarga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinadi. Kamtarlik inson ichki 
ma’naviy dunyosining tashqi ifodasi hisoblanadi.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling