Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
DASTRO‘MOL – ham aksessuar hisoblanadi. Dastro‘molni dazmollangan holda shim cho‘ntagi yoki sumkada saqlash kerak. Aksirgandan so‘ng uni qoqib o‘tirish nojoiz, darrov olib qo‘ying. Erkakni kostyumini yoki ayolni nafis bezaydigan dastro‘mol – boshqa narsa. Erkaklarnikidan kichikroq bo‘lgan bu dastro‘mol jamoatda ko‘z-ko‘z bo‘lishga arziydi. Erkaklarning oq rangdagi dastro‘moli ustki kiyimning cho‘ntagida bir-ikki santimetr, yoki uchburchak shaklida chiqarib qo‘yiladi. Har bir kishida ikkitadan dastro‘mol yurishi shart. ETIKET - «Etiket» (odob-axdoqqoidalari) so‘zi fransuzcha so‘zidan olingan bo‘lib, u yoki bu jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor shakli, ehtirom ko‘rsatish, va o‘zini tuta bilish qoidalarining majmuasini bildiradi. Hamda takallufning mayda- chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan muomala hodisasi sifatida jamiyatdagi ma’lum bir mavqega muvvaffaqiyatli erishishning garovi tarzda ish ko‘radi. Zero, kishilarning o‘zaro munosabati agar u ijobiy tus olsa, har qanday hoh u jamiyat yoki shaxs ravnaqi uchun bo‘lsin muvaffaqiyatli kechadi. Insonning ichki dunyosi, shaxsi, aqli va his – tuyg‘ulari uning tashqi qiyofasi – ko‘zlari, chehrasi, shuningdek qaddi – qomati va yurish – turishida to‘la aks etadi. Insonnning ichki dunyosi qanchalik mukammal bo‘lsa, yurish – turishi ham Shunchalik madaniyatli bo‘ladi. ETIKET BO‘YICHA MUOMALA QILISHNI BILISH - avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni o‘rganing. Zero, suhbatdoshingizni hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatliligingizni ko‘rsatib, diqqat va sabr-toqat bilan eshita olishning o‘zi - bu iste’dod. Lekin bu iste’dod tug‘ma emas – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi mumkin. Suhbatdoshingizni tinglayotib iloji boricha uning ko‘ziga qarashga harakat qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yoxud so‘zlar bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling