Oshlovchi moddalar haqida umumiy tushuncha. Oshlovchi moddalarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati. Oshlovchi moddalarga sifat reaksiyalar


Oshlovchi moddalarga sifat reaksiyalar


Download 60 Kb.
bet3/3
Sana21.11.2023
Hajmi60 Kb.
#1793162
1   2   3
Bog'liq
TARKIBIDA OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI DORIVOR O\'SIMLIKLAR

3. Oshlovchi moddalarga sifat reaksiyalar.

Odatda, o'simlik tanidlariga sifat reaksiyalar qilish uchun 10 foizli suvli ajratma tayyorlab, 5ta probirkaga 3 ml dan quyiladi va ular ustiga temir-ammoniyli achchiqtoshning va temir xloridning


hamda alkaloidlar, o'simlik shilliq moddalari vajelatinning 1 foizli eritmasidan qo'shiladi. Temir tuzlari eritmasi probirkada tanidlar bo'lsa, qora-ko'k (pirogallol guruhi) yoki qora-yashil (pirokatexin guruhi) rang va shu rangdagi cho'kma, shilliq moddalar, jelatin hamda alkaloidlar eritmasi qo'shilgan probirkada esa rangsiz cho'kma hosil bo' ladi.
Oshlovchi moddalarning tasnif (klassifikatsiya) reaksiyalari:
a) oshlovchi moddalaming qaysi guruhga mansubligini xlorid kislota va formalin ishtirokida olib boriladigan ldassifikatsiya reaksiyasi (Stiasni reaksiasi) yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun 200-250 ml hajmli tagi tekis kolbaga o'simliklardan tayyorlangan 10 foizli tanid ajratmasidan 50 m1 solinadi va ustiga 10 ml konsentrlangan (1 : 1) xlorid kislota va formalinning 40 foizli eritmasidan 15 ml qo'shiladi. So'ngra kolbani tik turuvchi shisha nay bilan birlashtirib, elektr plitka ustida to qizil g'isht rangli cho'kma (tanidlarning kondensatsiyalanuvchi guruhi kondensatsiyalanishidan vujudga kelgan cho'kma) hosil bo'lgunga qadar asta-sekin qizdiriladi. Hosil bo'lgan cho'kma. filtrlansa, filtratda gidrolizlanuvchii guruhning parchalangan mahsulotlari qoladi. Bu guruh mavjudligini aniqlash uchun 5 ml filtrat olib, ustiga 1 g kristall holdagi natriy atsetatdan asta-sekin solinadi va suyuqlikni ehayqatmay, temir-ammoniyli achehiqtoshning 1 foizli eritmasidan 10 tomchi qo'shiladi. Natijada kristall ustidagi neytral zonada filtratdagi tanidlarning gidrolizlanuvehi guruh parchalangan mahsulotlari mavjudligini isbotlovehi ko'k yoki zangori rangli to'garakeha hosil bo'ladi.
b) Kolbaehaga o'simliklardan tayyorlangan 10 foizli tanidlar ajratmasidan solib, unga nitrozometil uretan qo'shib qaynaguneha qizdirilsa, kondensatsiyalanuvehi (pirokatexin guruh) oshlovchi moddalar to'liq cho'kadi. Cho'kma filtrlanadi. Filtratda gidrolizlanuvchi (pirogallol guruh) oshlovehi moddalar borligini aniqlash uchun probirkada olingan 5 ml filtratga 1 g kristall holdagi natriy atsetatdan solinadi va suyuqlikni ehayqatmay, temir-ammoniyli achchiqtoshning 1 foizli eritmasidan 10 tomehi qo'shiladi. Pirogallol guruh oshlovchi moddalar bo'lsa, filtrat binafsha rangga bo'yaladi
.
d) Kolbachaga o'simliklardan tayyorlangan 10 foizli tanidlar
ajratmasidan 5 ml solib, unga qo'rg'oshin atsetatning 10 foizli eritmasidan 5ml va sirka kislotaning 10 foizli eritmasidan 10 ml
qo'shilsa, gidrolizlanuvchi (pirogallol guruh) oshlovehi moddalar
cho'kadi.
e) Kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalarning asosiy qismi bo'lgan katexinlarga vanilin bilan reaksiya qilinadi. Buning uchun oshlovchi moddalar ajratmasiga vanilin va konsentrlangan xlorid kislota (yoki vanilinning konsentrlangan xlorid kislotadagi 1 foizli eritmasi) qo'shiladi. Agar ajratmada katexinlar bo'lsa, aralashrna qizil rangga bo'yaladi.
Oshlovchi moddalar va tarkibida tanidlar bo'lga mahsulotlardan tayyorlangan dorivor preparatlar tibbiyotda me'daichak (ich ketishi, kolit), og'iz va tomoq shilliq qavatlarining

yallig'lanish (stomatit, gingivit) kasalliklarini, teri kuyishi, surunkali ekzema hamda yaralami davolashda burishtiruvchi va bakteritsid vosita sifatida hamda ichakdan qon oqishini to'xtatish uchun ishlatiladi. Tanidlaming bunday ta'siri ulaming oqsil moddalar bilan cho'kma berishiga hamda fenol gidroksil guruhlarining bakteritsid xossalariga asoslangan. Bulardan tashqari, tanidlar og'ir metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlar bilan zaharlanganda antidot sifatida ham ishlatiladi. Tanin pirogallol guruhiga kiradigan oshlovchi moddalardan bo'lib, o'ziga xos hidli va kuchli burishtiruvchi mazali, och sariq yoki qo'ng'ir-sariq rangli amorf kukun (poroshok)dir. Suvda va spirtda yaxshi eriydi. Taninning burishtiruvchi, antiseptik va yallig'lanishga qarshi ta'siri bor. U me'da-ichak kasalliklari (me'da-ichak katari, enterit, kolit, ich ketganda), og'iz bo'shIig'i, burun va tomoqning yallig'lanishi hamda kuyganni, surunkali ekzemalar va turti yaralarni (nam yara, yiringli yara) davolashda ishlatiladi.


Adabiyotlar:


  1. H. X. Xolmatov, 0'. A. Ahmedov FARMAKOGNOZIYA II QISM Toshkent


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan. nashriyoti 2007


2. H. X. XOLMATOV, O‘. A. AHMEDOV, N. A. MUSAYEVA
FARMAKOGNOZIYA VA BOTANIKA ASOSLARI
Tibbiyot kollejlari uchun darslik 3- nashri „O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT — 2017

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling