O‘simlik hujayrasi
Download 77.5 Kb.
|
O`simlik hujayrasi. Plastidlar. Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar
Plastidlar.
Plastidlar protoplazmaning mezoplazmasidagi xondrisomadan hosil bo`ladi. Plastidlar ham proto-plazma va yadroga o`xshash oqsil moddadan tuzilgan. Lekin plastidlar o`zining rang beruvchi pigmentlari bilan yadro va protoplazmadan farq qiladi. Plastidlar oqsilida S,O,N, lardan tashqari Fe uchraydi. Plastidlar oddiy yo`l bilan bo`linib ko`payib turadi. Plastidlar protoplazma bilan birgalikda hamda o`zi harakatlanib turadi. Bir sekunda 0,12 mm masofani bosadi. Plastidlarning kattaligi o`rta hisobda 1-12 m bo`ladi. Bitta hujayrada 20 tadan 100 tagacha uchraydi. Plastidlar 2 ta gruppaga bo`linadi: 1. Leykoplastlar - rangsiz plastidlar. 2. Xromotoformlar - rangli plastidlar. Xromatoformlar o`z navbatida 2 ga bo`linadi: 1. Xloroplast 2. Xromoplast. Xloroplast Xromoplast Xloroplast - xloro - yashil rang ma`nosini bildiradi. Xloroplast tarkibida yashil rang beruvchi xlorofil pigmentini saqlaydi. Xloroplast o`simliklarning yer ustki qismida uchraydi. Xloroplastni birinchi marta fransuz farmatsevt Plyatye M.S. o`tgan asrning 90 - yillarida yashil rang beruvchi xlorofil pigmenti 2 ta pigmentdan tashkil topganligini ko`rsatadi: 1. Xlorofil «A» S55N72O5 4M 2. Xlorofil «B» S55N70O6 4M Xlorofil «A» to`q yashil, xlorofil «B» sarg`ish yashil rang beradi. Xlorofil murakkab efirga kiradi. Xlorofil gulli o`simliklarda yumaloq doira shaklida bo`lganligi uchun xlorofil donachalari deb yuritiladi. Xlorofillning kattaligi o`rta xisobda 3-10 m gacha bo`ladi. Har xil o`simlikning hujayrasida xlorofil donachalarining soni turlicha bo`ladi. Xlorofil donachalari hujayrada 20,40,60 ba`zan 100 tagacha bo`lishi mumkin. Xlorofil faqat o`simliklar uchun emas odamlar va hayvonlar uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki organik moddalar birinchi marotaba xlorofil ichida hosil bo`ladi. Organik moddalar fotosintez protsessi ishtirokida hosil bo`ladi. Fotosintez protsessini assimilyatsiya protsessi deb ham yuritiladi. Rus olimi K.A. Timiryazev fotosintez protsessida xlorofil quyosh nurini yutishini ko`rsatadi. Uning ko`rsatishicha xlorofil quyosh spektorining V bilan S oralig`ida qizil va ko`k, binafsha nurlarini ko`proq yutadi. O`simliklar quyosh nurining 75% ini yutadi, shundan 5% gachasi fotosintez protsessida ishtirok etsa, qolgan 70% gachasi o`simliklarning suv bug`latishiga sarf bo`ladi. Fotosintez protsessida xlorofil va quyosh nuridan tashqari suv va karbonat angidrid kerak bo`ladi. Bularning qo`shilishi natijasida oldin chumoli aldegidining 6 molekulasi bir-biri bilan qo`shilib bir molekula glukoza hosil qiladi. 6 SO2 + 6N2O + 674 KKal ___ SNON xlorofil SNON donachalarining + 6O2 ichida SNON S6N12O6 Suv o`tlarida plastidlarni xromotofor deb yuritila-di.Chunki bu o`simliklarda plastidlar shakl jixatidan boshqa o`simliklardan farq qiladi. Masalan: Spiralga, yulduzga va boshqa shakllarga o`xshash bo`ladi. Xromoplast. Xromo-bo`yoq rang ma`nosini bildiradi. Xromaplast o`simliklarning yer osti va yer ustki organlarida uchraydi. Shakli turlicha bo`ladi. Ba`zi o`simliklarida yumaloq, boshqalarida esa uch qirrali yoki ninasimon shakllarida bo`ladi. Xromoplastda zapas oziq moddalar to`planadi. Xromoplastda rang beruchi pigmentlar ya`ni karotinoidlar bor. O`simliklarga sariq ,qizil,qo`ng`ir rang beradi. Xromoplast pigmentlaridan karotin-S40N56 qizil rang beradi. Ksantofill-S40N56O2 sariq rang beradi. Qo`ng`ir rang beruvchilarning pigmentini fukotsiantin- S40N56O6 deyiladi. Odam organizmida karotinoidlar oksidlanib vitamin A ni vujudga keltiradi. Xromoplastlarning katta kichikligi o`rta xisobda 4-24 m bo`ladi. Xromoplastlar o`simliklar dunyosini yer yuzida tarqalishida katta ahamiyatga ega. Chunki xromoplast o`simliklarini gulida va mevasida uchraydi. Meva o`zining chiroyli rangi bilan qushlarni, hayvonlarni o`ziga jalb qiladi. Mevasini yeb urug`i tashlanadi. Urug`idan yangi o`simlik o`sib chiqadi. Leykoplast. Leykos-oq, rangsiz rangni bildiradi. Leykoplastda rang beruvchi pigment bo`lmaydi. Letskoplast o`simliklarning yer osti va yer ustki organlarida uchraydi. Masalan, o`simliklar bargining epidermisida, kartoshka tugunagida, lavlagining ildiz mevasida uchrashi mumkin. Leykoplastning shakli - sharsimon, tayoqchasimon va boshqa shakllarda bo`ladi. Katta kichikligi ham turlicha. Leykoplastda ikkilamchi kraxmal va ikkilamchi shakar to`planadi. Masalan, kartoshka tuganagida ikkilamchi kraxmal, lavlagida esa ikkilamchi shakar bor. Plastidlar tashqi muhit ta`sirida o`zgarib bir turdan ikkinchi turga o`tib turadi. Masalan, leykoplast xloroplastga (kartoshka tuganagi yer betiga chiqib qolsa ko`karib qoladi). Xloroplast xromoplastga (yashil bargning sarg`ayishi, mevalarning pishishi). Qaysi bir o`simlikda xloroplast bo`lsa bunday o`simliklar autotrof o`simliklarga kiradi. Xloroplas-ti bo`lmagan o`simliklarni geteratrof o`simliklarga kiritiladi. Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling