O‘simlik hujayrasi


Download 77.5 Kb.
bet5/6
Sana13.11.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1771557
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`simlik hujayrasi. Plastidlar. Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar

Hujayra shirasi.
Hujayraning shirasi vakuolalarida joylashgan. «Vakus» - bo`shliq ma`nosini bildiradi. Bir necha yosh hujayralarda vakuslar bo`lmaydi. Bo`linishdan to`xtab o`sa boshlagan hujayralarda vakuslar vujudga keladi. Hujayraning yoshlik vaqtida vakuslari ko`p mayda bo`ladi. Hujayra qarigach mayda vakuslar bir -biri bilan birlashib katta vakuslarni vujudga keltiradi. Bu katta vakuslar hujayraning markaz qismiga joylashib oladi. Hujayradagi protoplazma va yadrolar esa hujayraning chet qismiga chiqib oladi. Vakuslarda suv va suvda eriydigan turli moddalar uchraydi. Vakuslarda usraydigan oziq moddalar azotli yoki azotsiz bo`ladi. Azotli moddalardan tuzilgan albumin, sho`r suvda eriydigan globulin oqsillari ham olinadi.
Plazmoliz(sxema)
Hujayra shirasida karbon suvlaridan glukoza, fruktoza, saxaroza, inulin uchraydi. Inulin polisaxaridlarga kiradi (S6 N10 O5)n . Inulin qoqio`t o`simligining ildizida uchraydi. Inulin Suvda eriydi. Saxaroza, glukozaga nisbatan 1,5 marta, fruktoza glukozaga nisbatan 2,5 marta shirinroq. glukoza lavlagida 26%, shakarqamishda 20%.
Ba`zi bir o`simliklarning hujayra shirasida organik kislotalar uchraydi. Masalan, otquloq o`simligida shavel kislota, olmada olma kislotasi, limonda limon kislotasi, tamaki bargida nikotin kislotasi bor. Antonovga olmada-0,5%, uzumda 0,3%, limonda 9%, moxorkada 8-10% nikotin kislotasi bor. Ba`zi o`simliklarda organik kislotalar juda kam bo`ladi yoki bo`lmaydi. Ularning reaksiyasi neytral yoki ishqoriy bo`ladi. Masalan, bodring, qovoqda.
Ba`zi o`simliklarning hujayra shirasida oshlovchi modda uchraydi. Oshlovchi moddalar meditsinada oshqozon - ichak kasalliklarida burishtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Og`iz va tomoq shilliq qavatlar yallig`langanda, milkdan oqqanda, og`iz va tamoqni chayish uchun ham ishlatiladi. Oshlovchi moddalar dub daraxti po`stlog`da 10-20 %, tol po`stlog`ida 9-13% , choyda 15-20 % , evkalipt galasida 30-40% gacha oshlovchi moddalar uchraydi.
Oshlovchi moddalar FeCl3 eritmasi ta`sirida to`q ko`k rangdan qora ranggacha bo`yaladi, ba`zi bir o`simliklarning hujayra shirasida zaharli moddalar uchraydi. Zaharli moddalar 2 ga bo`linadi:
1. Alkaloidlar .
2. Glikozidlar.
Bu har ikkala moddalar murakkab tuzilgan organik moddalar bo`lib alkoloidlar tarkibida azot bo`ladi, glikozidlar tarkibida esa azot bo`lmaydi. Ko`knori o`simligining mevasidan (pichoq bilan tilgandan so`ng) oqib chiqqan shirani opiy deb yuritiladi. Opiyning tarkibida 26 xil alkaloidlar bor. Asosiy alkaloidlari morfin, kodein, papaverin, geroin va boshqalar. Mingdevona o`simligi tarkibida giossiamin, atropin, va skopolamin, bangidevona o`simligida ham mingdevona uchraydigan alkaloidlar uchraydi. Xin daraxti po`stlog`ida xinin, sinxonin, sinxonidin deb ataladigan alkaloidlar uchraydi. Xin daraxti tropik mamlakatlarda o`sadi. Tamaki o`simligida nikotin alkaloidi uchraydi. Choy kofein, teofellin, teobromin alkaloidlari uchraydi.
Glikozidlar saqlaydigan o`simliklarga misollar, angishvonagul tarkibida digitosin, gitoksin. Marvaridgulda kavallatoksin, kanvalletoksol, kanval-lozid, adonis - mushuko`t simarin, adonitoksin deb atalgan yurak glikozidlari uchraydi.
Alkaloidlar ko`proq ituzumdoshlar, ko`knoridosh-lar, ayiqtovondoshlar va boshqalar oilasiga kiradigan o`simliklarda uchraydi.
Ra`noguldoshlar, g`alladoshlar oilasiga kiradigan o`simliklarda alkoloidlar bo`lmaydi.
Hujayra vakuolasida o`simliklarga har xil rang beruvchi pigmentlar bor. Bular asosan ikki gruppaga bo`linadi.
1. Antotsian.
2. Antoxlor.
Antotsian o`simliklarning hujayra shirasini rangiga qarab nordonlik berib turadi. Hujayra shirasi nordon bo`lsa, o`simliklarga qizil rang berib turadi. Ishqor reaksiyasida ko`k rang beradi, neytral reaksiyada binafsha rang beradi. Antotsian o`simliklarni sovuqdan, quyoshning issiq nuridan saqlab turadi.
Antoxlor o`simliklarga faqat sariq rang berib turadi. Masalan, kartoshkagul, tirnoqgul. O`simlik hujayrasining vakuolasida vitaminlar bo`ladi. Organizmda vitaminlar yetishmasligi sababli A vita-minoz kasalligi kelib chiqadi. Vitamin A yetishmasa (shapko`r), vitamin S yetishmasa singa, vitamin D yetishmasa raxit kasalliklari kelib chiqadi. Vitaminlardan vakuolalarda faqat V,S,D lar uchraydi. Chunki bu vitaminlar suvda eriydi. Qolgan vitaminlar suvda erimaydi. Suvda erimaydigan vitaminlar esa hujayraning protoplazmasida uchraydi. Vitaminlar asosan sabzavot o`simliklarda va g`alladoshlarda uchraydi. Achchiq danakli bodomning hujayra vakuolasida amigdalin glikozidi bor.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling