O‘simlik hujayrasi


Hujayrada uchraydigan moddalar


Download 77.5 Kb.
bet3/6
Sana13.11.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1771557
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`simlik hujayrasi. Plastidlar. Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar

Hujayrada uchraydigan moddalar
Hujayrada uchraydigan moddalarni hujayraning proplasti ishlab chiqaradi. Hujayrada zapas oziq moddalar va qisman chiqindi moddalar uchraydi. Hujayradagi zapas oziq moddalarga kraxmal, yog`, oqsil moddalar, tashlandiq moddalarga esa kristallar kiradi.
Kraxmal birinchi marotaba assimilyatsiya protsessi natijasida xlorofil donachalari ichida hosil bo`ladi. Xlorofil donachalari ichida hosil bo`lgan kraxmalni birlamchi yoki assimilyatsion kraxmal deyiladi. Birlamchi kraxmal xlorofil donachalari ichida uzoq muddat saqlanmaydi. Kraxmalning bir qismi nafas olishga sarf bo`ladi, bir qismi o`simlikni boshqa organlariga o`tadi, yana bir qismi shakarga aylanadi. O`simlik organlariga tarqaluvchi kraxmalni tranzitor kraxmal deyiladi. Zapas oziq modda sifatida to`planadigan kraxmalni zapas kraxmal yoki ikkilamchi kraxmal deb yuritiladi.
Kraxmal zapas oziq modda sifatida o`simlik urug`larida va yer osti qismlarida to`planadi. Masalan bug`doyda 54-75%, guruchda 62-86%, dukkakli o`simliklarda 33-43%, jo`xorida 57-72%, kartoshka tugunagida 12-24% bo`ladi. Zapas ya`ni ikkilamchi kraxmal leykoplastda hosil bo`ladi.
Kraxmal donachali endosperm hujayralari:
Chapda - kraxmal donachalari juda kattalshtirilib ko`rsatilgan.
Kraxmal rangsiz tuxumsimon, yumaloq, ko`p qirrali yoki tayoqcha shaklida bo`ladi. Jo`xori va guruchning kraxmali ko`p qirrali, kartoshka kraxmali yumaloq, suv o`ti o`simligining kraxmali tayoqchasimon. Kraxmalning o`rtacha xisobda kattaligi 2-275 m bo`ladi. Kraxmal donachasi tuzilishiga qarab 2 xil bo`ladi:
1. Ekssentrik kraxmal
2. Konsentrik kraxmal.
Ekssentrik kraxmalning tuzilishida yadrosi chetga joylashgan, konsentrik kraxmalning tuzilishida esa markaziga joylashgan bo`ladi. Ekssentrik kraxmal misol qilib kartoshka kraxmalini olish mumkin. Konsentrik kraxmalga misol qilib esa bug`doy kraxmalini olish mumkin.
Kraxmal organik birikma bo`lib, u karbon suvlarning uchinchi gruppasiga, ya`ni polisaxaridlarga kiradi. (S6 N10 O5)n . Kraxmal tarkibida biroz suv, fosfor kislotasi ham bo`ladi. Kraxmal suvda erimaydi. 70-750 li suvda bo`kib yoriladi. Natijada kleyster hosil bo`ladi. Zavodlarda kraxmalni kuchsiz kislota yordamida eritib ishlatiladi.
O`simlik hujayrasidagi kraxmal diastaza deb ataladigan ferment ta`sirida shakarga aylanadi. Kraxmalni shakarga aylanishida bir molekula suv talab etiladi.
(S6 N10 O5)n + N2 O diastaza S6 N12 O6 fermenti
Kraxmal lyugol eritmasida (KU +U2 + N2 O) binafsha rangga bo`yaladi.
Kraxmal oddiy, yarim murakkab va murakkab bo`ladi. Oddiy kraxmallar tuzilishida yadrosi bitta, murakkab kraxmalda esa tuzilish yadrosi ko`p bo`ladi. Yarim murakkab kraxmalda bir nechta kraxmal donachalari bir-biri bilan qo`shilib ketgan bo`ladi.
A-sulidagi murakkab kraxmal,
Б-kartoshkadagi oddiy va yarimmurakkab kraxmallar
B-sutlamadagi oddiy tayoqchasimon kraxmal
Г-yorongul bargidagi kraxmal
Д-loviyadagi kraxmal
E-makkajo`xori kraxmali
Ж-bug`doy donidagi kraxmallar
Yarim murakkab kraxmalni kartoka tugunagi-da, murakkab kraxmalni esa sulida ko`rish mumkin. O`simlikda zapas oziq modda sifatida oqsil uchraydi. Masalan, Kartoshkada 2%, no`xatda 22%, soyada 40%,jo`xorida 10%, bug`doyda 20%, bedada 5%, lavlagida 1%, zamburug`da 53% gacha uchraydi. Oqsil modda hujayraning sitoplazmasida, vakuolasida va aleyron donachasi ichida uchraydi. Oqsil suvda erimaydi, faqat shishadi. Aleyron donachalari ko`proq g`alladonlarda masalan, bug`doy, jo`xori va boshqalarda uchraydi. Aleyron donasining kattaligi 1 m-55 m ga bo`ladi. Aleyron donalari o`zining yupqa pardasi bilan ajralib turadi, o`simliklarda, masalan, kanakunjut urug`ida aleyron donachalarining ichida kristallar bor.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling