O‘simlik hujayrasi
Download 77.5 Kb.
|
O`simlik hujayrasi. Plastidlar. Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar
Hujayra po`sti.
Hujayra po`sti hujayraga shakl beradi va ikkin-chi bir hujayradan ajratib turadi. Hujayra po`stini hujayraning tirik qismi bo`lgan protoplast ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham hujayra po`sti ichki tomondan o`sib qalinlashadi. O`simlik hujayra po`sti, ayniqsa yosh hujayralar-ning po`sti sellyuloza (kletchatka) deb ataladigan organik moddadan tashkil topgan. Kletchatka(sellyuloza) karbon suvlarining uchinchi gruppasiga kiruvchi polisaxaridlardan tashkil topgan. Formulasi (S6N10O5)n . Sellyuloza suvda erimaydi, bo`kadi va shishadi. Sellyuloza sitoza deb atalgan ferment ta`sirida shakarga aylanadi. Selyulozaga misol qilib paxtani olish mumkin. Paxtaning 90%i sellyulozadan tashkil topgan. Chigit Chigit tuklarining mikroskopda ko`rinishi: 1- tuklarning umumiy ko`rinishi, 2-qobiq hujayralari va tuklarning umumiy ko`rinishi. Sellyulozadan qog`oz, portlovchi moddalar, sun`iy shoyi, kino plyonka, sinmaydigan oyna va boshqalar olinadi. Ba`zi bir o`simliklarning hujayra po`stida yarim kletchatka bo`ladi. Gemitsellyuloza ham karbon suvlariga kiradi. Gemitsellyuloza zapas oziq modda sifatida piyozda, kofe urug`ida uchratish mumkin. Urug`larning unib chiqish davrida sellyuloza va gemitsellyuloza oziq modda sifatida embrionning o`sib chiqishiga sarf bo`ladi. Ba`zi bir o`simliklarning hujayra po`stida pektin deb ataladigan modda bo`ladi. Pektin zapas oziq modda sifatida, olmada, qovunda, lavlagi ildiz mevasida bo`ladi. Hujayraning po`sti o`z hayotida bir qancha o`zgarishlarga uchraydi. Ba`zi bir o`simliklarning hujayra po`sti probkalanadi, ba`zi birlari shilimshiqlanadi, ba`zi birlari esa mineral moddalar bilan sug`oriladi. Agar hujayra po`sti lignin deb ataladigan modda bilan sug`orilsa hujayra po`sti yog`ochlanadi. Lignin S57 N60 O10. Lignin S,N,O dan tashkil topgan. YOg`ochlangan hujayra o`zidan suvni va havoni yaxshi o`tkazmaydi. Shuning uchun ham yog`ochlangan hujayra o`lik bo`ladi. O`tkazuvchi to`qimaning suv naylari, traxeidlari, mexanik to`qima hujayralari lignin moddasi bilan sug`orilgan bo`ladi. Suv naylari orqali suv erigan xoldagi mineral moddalar pastdan yuqoriga, ya`ni ildizdan poyaga, poya orqali bargga boradi, mexanik to`qimalar esa o`simlikka qattiqlik berib turadi. Demak o`simlik hujaysi o`lik bo`lsa ham har xil vazifalarni bajarib turadi. Lignin tarkibida karbonning miqdori kletchatkaga nisbatan ko`proq bo`ladi. Masalan, kletchatkada 44% karbon suvi bo`lsa, ligninda esa 60% bo`ladi. Shuning uchun ham lignin yoquv ashyosidir. Kletchatkaga nisbatan lignin qizil rangga kiradi. Floroglitsin eritmasi va konsen. Xlorid kislota ta`sir ettirilsa liginin qizil ranngga bo`yaladi. Lignin safranin deb ataladigan bo`yoqda qizil rangga kiradi. Kletchatka xlor sink - yod eritmasi ta`sirida xiraroq binafsha rangga bo`yaladi. O`simliklarning ba`zi hujayralari suberin deb ataladigan modda bilan sug`orilib probkalanadi. Probkalangan hujayra o`zidan suvni va havoni mutlaqo o`tkazmaydi. Bu hujayraning ichi havo bilan to`lgan bo`ladi. Probkalangan hujayra o`simliklarning tashqi qismida bo`ladi. Masalan, kartoshka tugunagining ustki qismini, daraxtlarning poyasi va shoxlarida. Probka asosan dub daraxtidan olinadi. (probkovыy dub) hamda amurskoye barxatnoye derevo. Boshqa o`simliklarda esa hujayrada suberinning miqdori kam bo`ladi. Probka olinadigan dub daraxti Qrim va Kavkazda uchraydi. Probka o`simliklarning tashqi sharoitlaridan, ya`ni issiqdan, sovuqdan va mikroorganizmlardan saqlab turadi. Probka samolyotsozlikda, xolodilnik ishlab chiqarishda va boshqa soxalarda keng miqyosda ishlatiladi. Chunki, probka issiqlikni o`tkazmaydi. Suberin moddasi Sudan - 3 eritmasi ta`sirida pushti rangga bo`yaladi. Ba`zi bir o`simliklarning hujayra po`sti, ayniqsa o`t o`simliklarning hujayra po`sti kutin deb ataladigan yog`simon modda bilan qoplangan. Kutin moddasini hujayraning protoplasti ishlab chiqaradi. Kutin ham o`zidan suvni va havoni o`tkazmaydi. Kutin bargning tashqi tomonidan kutikula qavati qalin bo`ladi. O`rta iqlimda yashaydigan o`simliklarda esa kutikula qavati yupqa bo`ladi. Ba`zi bir o`simliklarni qurg`oqchilikdan saqlaydi. Shilimshiq modda ayniqsa suv o`tlarida bo`ladi. Gullaydigan o`simliklardan bexi va zig`irning urug`ida ham shilimshiq moddalar bor. Ba`zi bir o`simliklarning hujayra po`sti xitin moddasi bilan sug`orilgan. Xitin bu azotli birikma bo`lib, zamburug`larning va bakteriyalarning po`stida bo`ladi. Formulasi S18 N13 O5. Xitin moddasi yod ishtirokida qo`ng`ir rangga bo`yaladi. Ba`zi bir o`simliklarning hujayra po`sti mineral moddalar bilan sug`orilgan bo`ladi. Mineral moddalar bilan sug`orilgan o`simliklarga misol qilib diatom suv o`tlari va kiyiko`t, qirqbo`g`im o`simliklarida ko`rish mumkin. Ba`zi bir o`simliklarning, ayniqsa, daraxtlarning poyasida shilimshiq modda oqib chiqadi. Bu modda tashqariga chiqqandan so`ng qotib qoladi. Qotib qolgan moddani yelim deyiladi. O`rik yelimi farmatsevtika praktikasida emulsiya tayyorlashda ishlatiladi. Hujayraning po`sti ichki tomondan qalinlashadi. Uning ichida qalinlashib qolgan joyi ham bo`ladi. Bu qalinlashib qolgan joyini teshik deyiladi. Hujayralar bir - birlari bilan shu teshiklar orqali aloqada bo`ladi. Ya`ni shu teshiklar orqali bir - birlariga oziq moddalar o`tib turadi. Bu teshiklardan plazma iplari o`tgan bo`ladi. Shunday qilib yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, hujayra tarkibi va po`sti murakkab organik va anorganik birikmalardan tashkil topgan. Shu bilan birga o`simliklar va hayvon hujayrasi bir-biridan farq qiladi, shu bilan birga o`simlik organlaridagi hujayralar ham bir - biriga o`xshamaydi. Bu xaqda to`qimalar temasida batafsil tuhtaymiz. Adabiyotlar: 1. L.I.Kursanov, N.A.Komarinsskiy, Meyyer K.I, V.F. Razdorskiy, A.A. Uranov, Botanika tom 1 O`rta va Oliy maktab. Toshkent 1962. 2. V.A.Burigin, D.X.Jongurazov, Botanika. «O`qituv-chi»T. 1977. 3. V. G. Xrjanovskiy «Kurs obshey botaniki» chast 1 M. 1982 g. 4. Yakovlev G.P.,Chelombitko V.A. «Botanika». M, «Visshaya shkola», 1990 y. 5. Maxkamova X.F. Botanika. «O`qituvchi». T. 1995 y. 6. www.ziyonet.uz Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling