Ayrim o'simliklarda epiderma qavati hujayralarida tashqi mexanik ta’sir kuchini kamaytiruvchi mumsimon moddalar sintezlanadi. Bu tipdagi hujayralar tashqi himoya qatlami -kutikulani hosil qiladi. Kutikula qavatini hosil qiluvchi hujayralar tarkibida mavjud bo'Igan mumsimon moddalar organizmdan ortiqcha suv bug'lanishiga qarshilik ko'rsatadi. Shuningdek, kutikula qavati patogen bakteriyalar va boshqa zararli mikroorganizmlarni o'simlik tanasiga kirishiga to'sqinlik qiladi. - Ayrim o'simliklarda epiderma qavati hujayralarida tashqi mexanik ta’sir kuchini kamaytiruvchi mumsimon moddalar sintezlanadi. Bu tipdagi hujayralar tashqi himoya qatlami -kutikulani hosil qiladi. Kutikula qavatini hosil qiluvchi hujayralar tarkibida mavjud bo'Igan mumsimon moddalar organizmdan ortiqcha suv bug'lanishiga qarshilik ko'rsatadi. Shuningdek, kutikula qavati patogen bakteriyalar va boshqa zararli mikroorganizmlarni o'simlik tanasiga kirishiga to'sqinlik qiladi.
Ustisalar - 0‘simlik barglarining epidermis qavatida ustitsalar (barg og‘izchalari) mavjud bo‘lib, ular ikkita loviyasimon hujayralardan iborat bo‘ladi. Barg og‘izchalari ortiqcha suv bug‘lanishini boshqarishda va gaz almashinishida ishtirok etadi. Ko‘p yillik o ‘simliklarda va daraxtlarda epiderma o‘rnini periderma qavati egallaydi. Periderma uch qavatdan: fellema (po‘kak), fellogen (po‘kak kambiysi) va fellodermadan iborat.
Po‘kak qavati - Sovuq tushishi bilan epiderma hujayralarida suberin moddasi sinezlanadi va natijada po‘kak qavati shakllanadi. Po‘kak qavati o ‘lik hujayralardan tashkil topgan bo'Iib. o ‘zidan suv va gazlarni o‘tkazmaydi. Fellogen yoki po‘kak kambiysi hujayralari tirik, yupqa po‘stli, cho'ziq yadroli, yassi shaklli hujayralardan iborat bo'ladi. Fellogen qavati hujayralari tangental to‘siq bilan bo‘linib, tashqi tomonga qarab po‘kakni, ichki tonga qarab fellodermani shakllantiradi. Periderma qavati hujayralari asosan, daraxtlarning tashqi qobig‘ini tashkil qiladi va ma’lum darajada to‘g‘ri burchak shaklidagi qutisimion hujayralardan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |