O‘simlik to’qimasi Kirish


Download 1.07 Mb.
bet9/11
Sana04.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1160687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу химикларга yangi tahrir1

Sklerenxima

  • Sklerenxima. Sklerenxima-prozenxima shaklida bo‘lib, ulaming uzunligi ba’zan 50 sm gacha boradi. Poralari kichik, yoriqsimon va kam miqdorda bo‘ladi. Hujayra po‘sti ko‘pincha yog'ochlashgan, o’lik. Sklerenxima to‘qimalarining hujayralari lignin moddasini shimishi hisobiga yog'ochlanadi. Bunday sklerenxima hujayralari yog‘ochlik (ksilema) qismida joylashgan bo‘lib, yog‘ochlik sklerenximasi yoki libriform deyiladi. Po‘stloq qismida joylashgan sklerenxima lub tolalari deyiladi. Sklerenxima hujayralari tarkibi ligninga boy bo‘lgan, qalin, mustahkam tashqi ikkilamchi hujayra devoriga ega bo‘lgan hujayralar hisoblanadi. Ko‘pgina sklerenxima hujayralari yetilgan holatda nobud bo'Igan hujayralardan tashkil topadi.

Sklereid

  • Sklereid yoki toshsimon hujayralar parenxima hujayralarining qo‘shimcha ravishda qalinlashishi va qattiqlashishi natijasida hosil bo'ladi. Bunday sklereid to‘qima po'stloqlardagi armaturani mahkamlaydi. Yong‘oq, shaftoli va boshqa tashqi qobig‘i qattiq tuzilishga ega bo‘lgan mevalarning strukturasi sklereid hujayralarlan tuzilgan. Sklereid hujayralar barg chetlarida hamda ayrim to‘qima qismJarida ham uchraydi.

O‘tkazuvchi to‘qima

  • 0‘simlik tanasidagi o'tkazuvchi to‘qimalar evolutsion rivojlanish jarayonida o'simliklarni quruqlikka moslashishi tufayli kelib chiqqan. 0‘tkazuvchi to‘qimalar yuksak o‘simliklarga xos bo‘lib, ularning tanasida moddalarning harakati va taqsimotida muhim ahamiyatga ega. Rivojlanish jarayonida moddalar harakatini amalga oshiruvchi bir-biriga qarama-qarshi bo'Igan yuqoriga ko'tariluvchi va pastga tushuvchi oqimlar vujudga kelgan. Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz tukchalari orqali shimib olinib poya va bargga uzatiladi. Bu yuqoriga ko'tariiuvchi yoki chiquvchi oqim deyiladi.

Fotosintez natijasida barglarda hosil bo‘lgan organic moddalar poya orqali o‘simliklaming hamma tirik hujayralariga boradi. Ba’zi organlarida zaxira sifatida ham to‘planadi. Bu pastga tushuvchi oqim deyiladi. 0 ‘tkazuvchi to‘qima hujayralari cho‘ziq shakldagi naychalardan iborat bo‘ladi. Bu naychalarning tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra uch xilga bo‘linadi: traxeidlar, traxeyalar va elaksimon naylar. 

  • Fotosintez natijasida barglarda hosil bo‘lgan organic moddalar poya orqali o‘simliklaming hamma tirik hujayralariga boradi. Ba’zi organlarida zaxira sifatida ham to‘planadi. Bu pastga tushuvchi oqim deyiladi. 0 ‘tkazuvchi to‘qima hujayralari cho‘ziq shakldagi naychalardan iborat bo‘ladi. Bu naychalarning tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra uch xilga bo‘linadi: traxeidlar, traxeyalar va elaksimon naylar. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling