Asosiy to‘qima - Asosiy to‘qima - meristema to‘qimalaridan hosil bo‘lgan yumaloq shakldagi parenxima hujayralari hisoblanadi. O ‘simlik tanasining asosiy qismini parenxima hujayralari tashkil qiladi. Asosiy to'qima hujayralari tirik yoki o‘lik hujayralardan tashkil topadi. Tirik parenxima hujayralarida kraxmal, inulin, shakar kabi moddalar zaxira sifatida to‘planadi. 0‘lik parenxima hujayralarida esa zaxira suv va havo saqlanadi. 0 ‘simliklarda parenxima hujayralari o ‘zaro bir-biri bilan qo‘shilib, havo to‘planuvchi hujayralararo bo‘shliqlarni hosil qiladi. Bunday asosiy to‘qima xillari - aerenxima deb ham nomlanadi.
Mexanik to‘qima - Mexanik to‘qima — o ‘simlikka mustahkamlik berib, uni har xil mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. Mexanik to'qimalar kelib chiqishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: kollenxima, sklerenxima va sklereid toshsimon hujayralar. Kollenxima - hujayralari tirik, hujayra po'sti selluloza hisobigajuda qalinlashgan bo‘ladi. Kollenxima asosan epidermis ostida joylashgan birlamchi po'stloqning parenxima hujayralaridan hosilbo‘ladi. Ulaming hujayralari po‘sti tarkibidagi selluloza hisobiga qalinlashadi. Kollenxima hujayralarining devori parenxima hujayralari devoriga nisbatan qalin bo‘ladi. Shuningdek, hujayralaming tashqi morfologik tuzilishida burchakli qirralar hosil qilishi o'ziga xos spetsifik ko'rinishni hosil qiladi. Kollenximalar hujayra devorining qalinlashishiga ko‘ra burchakli, plastinkasimon va g ‘ovak kollenximalarga ajratiladi.
Meristimatik-o‘sish
Epiderms-himoya
Parenxima-saqlash
Sklerenxima-Mustahkamlovchi,qo‘llab quvvatlovchi
Tomirlar transport tizimi:
_____ksilema=suv+ozuqa moddalar
_____floema=eritmadagi o‘simlik mahsulotlari
O‘SIMLIK TO‘QIMASI
Kollenxima - Hujayralar burchaklaridan qalinlashsa, burchakli kollenxima, hujayra devorining qarama-qarshi tomonlaridan qalinlashsa plastinkasimon kollenxima deyiladi. Burchakli kollenxima o ‘t poyalarda, barg bandi va yaproqlarida uchraydi. Kollenxima hujayralarining tangential devorlarining ichki va tashqi tomonlari qalinlashishidan plastinkali kollenxima rivojlanib, olma va qoraqatning barg bandlarida uchraydi. Kollenxima hujayralarida hujayra oraliqlari yaxshi rivojlanishidan g‘ovaksimon kollenxima vujudga keladi. Rovochning poya va barglarida g‘ovaksimon kollenxima mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |