Epiderma. - Epiderma. O'simlik organizmidagi tashqi muhit bilan birlamchi ta’sirlashuvchi hujayralar qavati - epiderma (epidermis) deb nomlanadi. 0‘simlikning epiderma qavati yosh novda, barg va poyalaming ustki qismini qoplab turadi. Epiderma apikal meristemahing tashqi qavatidan hosil bo'ladi. Bu hujayralarda sintezlanuvchi mumsimon moddalar atrof-muhitning haroratiga bog‘liq holatda o'simliklarda suv bug‘lanishini muvofiqlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Interkalyar (bo‘g‘im oralig‘i) meristema - Interkalyar (bo‘g‘im oralig‘i) meristema. Bu meristema poya bo‘g ‘im oraliqlarida va barg bandi asosida hosil bo‘ladi. Interkalyar o‘sish bug‘doydoshlar, ziradoshlar oilalarining vakillarida keng tarqalgan bo‘lib, boshoqli o ‘simliklaming boshoq tortishi, poya bo‘g‘im oralig‘ining o ‘sishi interkalyar meristema bilan bog'liq.
- 0‘simlikning zararlangan qismlarida yara meristemasi o'z faoliyatini boshiaydi. Yara meristema to‘qimasi tirik parenxima hujayralaridan hosil bo‘iib, ularning bo’linib ko'payishi natijasida shikastlangan qism tiklanadi. Meristemadan hosil bo‘luvchi to‘qimalar. Meristema to‘qimasi hujayralari bo‘linishi asosida yangi hujayralar hosil bo'lganidan keyin bu hujayralar joylashgan joyi va funksiyasiga bogliq holatda, o‘lchami va shakli bo‘yicha ixtisoslashish jarayoni amalga oshadi.
Epiderma - Epiderma bir-biriga zich birikkan tirik parenxima hujayralaridan iborat. 0‘simlikda epiderma qavati hujayralari tashqi muhit bilan bevosita ta’sirlashadi. Epiderma tarkibi ko'pincha turli xil tipdagi hujayralardan tashkil topadi. Odatda, epiderma qavati qalin ko‘rinishdagi hujayralardan tashkil topadi, biroq ayrim o‘simlik turlarida epiderma qavati hujayralari muhim funksiya bajaruvchi havo ildizlarini hosil qiladi. Masalan, orxideya o'simligida epiderma hujayralari birmuncha qalinlashgan hujayralar bilan birga, tashqi tomondan tom-tepa qismini eslatuvchi shakldagi po‘kaksimon hujayralardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |