- O'simlik embrional holatdagi barglar va murtak ham apikal meristema hujayralari asosida rivojlanadi. Bu birlamchi meristema asosida asosiy meristema va prokambiy hujayralari shakllanadi. Birlamchi meristema asosida hosil bo'luvchi hujayralar - birlamchi hujayralar deb nomlanadi. Lateral (yon) meristema. Kambiy, po'kak kambiysi (fellogen), peritsikl — yon meristema to'qimalari hisoblanadi. Yon meristema to'qimasi hujayralarining bo'linishi hisobiga o'simlik poyasi va ildizi eniga o'sadi. Kelib chiqishiga ko'ra, yon meristemalar birlamchi va ikkilamchi bo'ladi.
Meristema - Prokambiy va peritsikllar birlamchi yon meristema hisoblanib, ulardan birlamchi doimiy to'qimalar shakllanadi. Kambiy va fellogenlar ikkilamchi yon meristema hisoblanadi. Prokambiy hujayralari bo'linib, differensiatsiyasi natijasida birlamchi mexanik va o ‘tkazuvchi elementlar hosil bo‘ladi. Urug‘li o'simliklarda o'simlik ontogenezining keyingi davrlarida ikkilamchi meristema - kambiy va fellogen hosil bo‘ladi. Kambiy prokambiy hujayralaridan shakllanadi. Fellogen yoki po‘kak kambiysi poyadagi epiderma, kollenxima yoki parenximalardan hosil bo‘lsa, ildizda esa peritsikl hujayralaridan shakllanadi.
Kambiy hujayralari bo’linishi - Kambiy - hujayralari bo‘linib, ikkilamchi to‘qimalarni hosil qiladi. Kambiy hujayralari o ‘simlikning poyasi va ildizi bo'ylab butun uzunligi bo‘yicha joylashadi va o ‘simlikda har yili hosil bo‘luvchi hujayralardan tashkil topgan qavatlarni (yillik halqalar) hosil qiladi. 0 ‘simlikda kambiy hujayralari silindr shaklida poya va ildizning eniga o‘sishini, ya’ni qalinlashishini ta’minlaydi. Kambiy ikkilamchi o ‘tkazuvchi to‘qimalar floema va ksilemani, fellogen esa peridermaning ichki qavati feliodermani hosil qiladi.
Qoplovchi to‘qimalar - Qoplovchi to'qima o ‘simlikni tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan himoya qiladi, ichki to‘qimalarni qurish va shikastlanishdan saqlaydi. Qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra, uch xil: epiderma (birlamchi), periderma (ikkilamchi) va po‘stloqdan (uchlamchi qoplovchi to‘qimadan) iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |