Osmon sferasining asosiy nuqtalari va aylanalari


Yulduzlar kartasi va qoplama aylana bilan ishlash


Download 30.63 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi30.63 Kb.
#1416133
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
astronomiya 2023

Yulduzlar kartasi va qoplama aylana bilan ishlash
Dastlab qoplama aylanada o’quvchilarga gorizont aylanasini, uning nuqtalarini osmon meridiani yo’nalishini ko’rsatib, keyin berilgan sana va soat uchun kartani o’rnatishni demonstratsiya qilish lozim.So’ngra surilma kartada yulduzlar osmonining bir-ikki soat ichida o’zgarishini, yulduz turkumlarining chiqish va botishlariga o’quvchilarning e’tiborlarini tortgan holda ko’rsatmoq kerak.Shundan so’ng o’quvchilarga qoplama aylanani bir to’la aylantirishni taklif qilib, botmaydigan yulduz turkumlarining nomerlarini mustaqil aytishlari so’raladi.Tajriba, o’quvchilar qoplama aylana bilan ishlashni oson o’zlashtirishlarini ko’rsatadi.
Kartada tasvirlangan, ma’lum paytda osmonda ko’rinadigan yoritkichlarni kartadan ko’rsata olish uchun kartani hayolan bosh ustida o’rnatish lozimligni o’quvchilar esda tutishlari lozim.
Yerning Quyosh atrofida aylanishi va u bilan bog’liq hodisalar
Bu hodisalarni planetariyda ko’rsatib, so’ngra darsda surilma kartadan foydalanib mustahkamlash uni o’yishni eng qulay yo’lidir. Bunda Quyoshning osmon sferasi bo’ylab yillik harakatini tushuntirishda o’quvchilar Yerning o’z orbitasi bo’ylab Quyosh atrofida harakatlanishini yaxshi bilishlaridan kelib chiqish lozim.
Tushuntirishni chizmadan boshlash tavsiya etiladi.(2.6-rasm)
Bunda osmon sferasining radiusi Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa bilan solishtirganda shu qadar kattaki, biz uning markaziga faqat yerni emas, Quyoshni ham joylashtirishga haqlimiz.
Yer orbitasi tekisligi osmon sferasi bilan ekliptika deyiluvchi kata aylana bo’yicha kesishadi. Yer ekvatori tekisligi va uning orbita tekisligi o’zaro o’zgarmas li burchak ostida kesishganidan, ekliptika ham osmon ekvatori tekisligiga huddi shunday burchak ostida og’gan bo’ladi .Yerning orbital harakati natijasida Quyosh yulduzlar fonida ekliptika bo’ylab siljishini rasmda ko’rsatish qulay.Bu harakatning yo’nalishi yulduzlarning sutkalik ko’rinma harakatiga qarama qarshi bo’lib, burchak tezligi sutkasiga ga yaqin yoyni tashkil qiladi, ya’ni sutkalik harakatdan 365 marta sekindir.

Download 30.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling