Osmon sferasining asosiy nuqtalari va aylanalari


Turli kengliklarda yulduzlar osmonining ko’rinishi


Download 30.63 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi30.63 Kb.
#1416133
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
astronomiya 2023

Turli kengliklarda yulduzlar osmonining ko’rinishi
Yoritkichlar ko’rinishlarining eng soda shartlari Yerning geografik qutblarida bo’ladi.Sxemada (25-a rasm) qutbdagi kuzatuvchinuchun (olam o’qi shoqul chizig’I yo’nalishi bilan,haqiqiy gorizont-osmon ekvatori tekisligi bilan ustma-ust tushadi) haqiqiy gorizont tekisligi va shoqulning yo’nalishi ko’rsatilgan.
(2.5-rasm)
Bu yerda Yer radiusi,osmon sferasining radiusi bilan solishtirilganda hisobga olmaslik darajada kichik bo’lganidan kuzatuvchi uning teng yarim sharinigina ko’ra oladi. Yer radiusi juda kichik bo’lganligi tufayli biz osmon sferasining markaziga Yerning markazini emas,balki Yer sirtining ixtiyoriy nuqtasini qo’yishga haqlimiz.Yerning aylanishi, yoritkichlarning sutkalik ko’rinma harakatlarining manzarasini keltirib chiqaradi;har bir yulduz gorizont ustida yoki uning ostida ma’lum o’zgarmas balandlikda aylanadi.Bu yerda chiquvchi yoki botuvchi yulduzlar yo’q.Yerning Shimoliy geografik qutbida faqat osmonning shimoliy yarim sferasining yoritkichlari ko’rinadi.Janubiy geografik qutbda esa faqat janubiy yarim sferasining yoritkichlari ko’rinadi.
O’rta geografik kengliklarda (2.5-b rasm) olam o’qi endi haqiqiy gorizont tekisligiga perpendikulyar bo’lmay,kuzatish joyining geografik kengligiga teng burchak ostida unga og’gan bo’ladi.Bunday qonuniyatni Yer globusining turli nuqtalarida uning sirtiga urinma holatida tekis,qattiq karton bo’lgani va yo’nalishi har doim globus o’qiga parallel holda qoladigan qalam (yoki tayoqcha) o’rnatib oson demonstratsiya qiish mumkin.
Tushuntirishlarning keyingi bosqichi o’rta kengliklarda osmon sferasining aylanishini tushuntirish bilan bog’liq.Rasmdan foydalanib, bu holda yulduzlarning sutkalik parallellari gorizontga og’maligi ko’rsatiladi. yulduzi chiqdi va uning balandligi ortib boradi, yulduzning balandligi esa,aksincha,kamayib boradi. yulduz maksimal balanlikka erishgan. Bu, o’quvchilarda Yer qutbidan boshqa joyda gorizontning hamma tomonlari teng huquqli emasligiga ishonch hosil qildirib, bu o’rinda osmon meridiani, kulminatsiya va gorizont tomonlari kabi tushunchalar kiritish zarurligini ko’rsatadi. Bularning hammasini osmon sferasining modelida yoki yulduzlar globusida gorizont aylanasida ko’rsatib, kuzatuvchilar har doim yulduzlar globusining markazida bo’lishini eslatish kerak. O’rtasi kesib olingan karton aylana yordamida, qutbdagi kuzatuvchi uchun gorizont qanday joylashgani va uning uchun osmon sferasi qanday aylanishi ko’rsatiladi. So’ngra gorizont tekisligi, olam qutbi, osmon sferasining og’ma aylanishi, meridian va yoritkichlarning kulminatsiyasi o’rta kenglamalarda kuzatuvchi uchun ko’rsatiladi.
Yulduzlar globusi, osmon sferasining maktab modeli bilan almashtirilishi, binobarin, globus bo’lsa, modelsiz ham bu ishlarni amalga oshirish mumkin.
Yoritkichlar yuqori kulminatsiyada bo’lganda ularning balandliklarini hisoblash formulasi tushuntirilayotganda, u uch turli koordinata sistemalaridan- gorizontal, geografik va ekvatorialdan olingan uchta kattalikni o’zaro bog’laydi va ulardan birini qolgan ikkitasi asosida topishga imkon beradi.

Download 30.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling