Osmon sferasining asosiy nuqtalari va aylanalari


Vaqt hisobi usullari va astronomiyaning amaliy qo’llanilishi haqida tushuncha


Download 30.63 Kb.
bet7/7
Sana30.04.2023
Hajmi30.63 Kb.
#1416133
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
astronomiya 2023

Vaqt hisobi usullari va astronomiyaning amaliy qo’llanilishi haqida tushuncha
Ushbu materialni bayon qilish sutka va vaqtni o’lchashning boshqa birliklari haqidagi tushunchalar bilan boshlanadi, bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, ularning istalgan birining (sutka,xafta,oy yoki yil) kelib chiqishi astronomiya bilan bog’liq.
Programma yulduz vaqtini o’rganishni ko’zda tutmay, Quyosh vaqti bilan chegaralanadi.Biroq bari bir bu holda ham,dars bayonini osmondagi biron-bir nuqtaga nisbatan Yerning o’z o’qi atrofida to’la aylanish davriga teng vaqt oralig’ini ifodalovchi eng umumiy tushuncha – sutkaning ta’rifidan boshlash foydali bo’ladi. Bunda Yerning navbatdagi aylanishining yakuni sifatida osmondagi tanlangan nuqta (yoritkich) kulminatsiyasiga chiqishi qabul qilinganligini ta’kidlash lozim. Bu yerdan Quyosh sutkasi, bu - ma’lum yoritkichning ikkita ketma –ket bir xil nomlangan kulminatsiyalari orasidagi vaqt oralig’I bilan o’lchanadigan kattalik, degan ta’rif kelib chiqadi; kundalik turmushimiz Quyosh bilan uzviy bog’langanligi tufayli sutka uning kulminatsiyalari orqali belgilanadi.
Quyosh sutkasi (“haqiqiy Quyosh sutkasi” terminini ishlatmaga ma’qul) uzunligining yil davomida o’zgarishini tushuntirish uchun Quyosh va yulduzning ikki ketma - ket kulminatsiya momentlarinio’zaro solishtirmoq lozim. Quyosh bilan bir vaqtda kulminatsiya qiluvchi faraziy yulduz tanlanadi. Bir sutkadan so’ng Quyosh yulduzdan taxminan 4 minut keyin kulminatsiyaga chiqadi. Buning sababi, Yerning Quyosh atrofida aylanishi natijasida yulduzlar fonida ekliptika bo’ylab Quyoshnimg sutkasiga taxminan 1 ga siljishidir. Biroq bu siljish,Yerning Quyosh atrofidagi harakatining notekisligi (bu haqda o’quvchilar Kepler qonunlarini o’rganayotganda ma’lumot oladilar) tufayli notekis kechadi.
Quyoshning ikki ketma-ket kulminatsiyalari orasidagi vaqt oralig’ining doimiy emasligining boshqa sabablari ham mavjud. Oqibatda, darslikda keltirilgan Quyosh sutkasining o’rtacha qiymatidan foydalanish lozimligi haqida darslikning ko’rsatmasi tushunarli bo’ladi.
Biroq vaqtning ixtiyoriy momenti uchun istalgan yulduzning va Quyoshning kulminatsiyalarining ( ya’ni koordinatalarining ) farqi aniq ma’lum. Agar dastlab, yulduzlar kartasi yordamida o’quvchilarga ixtiyoriy ikki yulduzning kulminatsiyalarining farqi ularning to’g’ri chiqishlarining farqiga tengligi tushuntirilsa, bu holatni ular oson o’zlashtiradi.
Kartada kulminatsiyada turgan yulduzning to’g’ri chiqishini aniqlab, kartani ma’lum burchakka burgandan so’ng boshqa yulduz kulminatsiyasida bo’lishi ko’rinadi va bu yulduzning to’g’ri chiqishi oldin kulminatsiyada
Download 30.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling