Osmon sferasining asosiy nuqtalari va aylanalari
Yulduzlarning surilma kartasi bilan ishlash
Download 30.63 Kb.
|
astronomiya 2023
Yulduzlarning surilma kartasi bilan ishlash
Surilma kartadagi datalar shkalasiyilning ixtiyoriy kunida, Quyoshning ekliptikadagi holatini ko’rsatishga imkon beradi. Buning uchun lineykani berilgan data va olam qutbi (kartaning markazi) orqali o’tkazib, uning ekliptikani tasvirlovchi oval bilan kesishgan joyini toppish kifoya.Sentyabrdan noyabrgacha turli kunlar uchun shu yo’l bilan Quyoshning ekliptikadagi o’rinlarini topib,u qaysi zodiakal yulduz turkumlarini kesib o’tganini kuzatish mumkin. Kartadan qolgan zodiakal yulduz turkumlarini o’quvchilarning o’zlari ko’rsatishlari mumkin. Quyoshning holatlari aks qilgan yulduzlar osmonining surilma kartasi, bulardan tashqari Quyoshning yillik harakati bilan bog’liq quyidagi hodisalarni tasvirlashga imkon beradi: a) Quyosh koordinatalarining o’zgarishi (o’quvchilar daftarga teng kunlik va quyosh turishi kunlari uning koordinatalarini yozib olishlari lozim): b) uning chiqish va botish nuqtalari holatining va momentlarining o’zgarishi; v) Quyoshning tush paytidagi balandligining va kunni uzunligining o’zgarishi; g) yilning turli kunlarida yarim kecha (chiqish yoki botish) paytida yulduzlar osmoni ko’rinishining o’zgarishi. Oxirgi, tushunish uchun ancha murakkab bo’lgan natijani telluriydan foydalanib tushuntirish mumkin. Uni aniq bir kun bo’yicha o’rnatib, Yer globusining tungi yarim tomonidan kuzatiladigan yulduzlar osmonning qanday yo’nalishli tomonida bo’lishiga o’quvchilarning e’tiborlari jalb qilinadi. Bunda biz, yulduzlar sinfning devorlari va shifti yo’nalishlarida joylashgan deb qabul qilamiz. So’ngra telluriyni yarim aylantirib (ya’ni Yerni Quyosh atrofida yarim aylantirib, bu hol uchun yarimyildan so’ng) sinfning boshqa tomonida joylashgan yulduzlarning ko’rinishini tushuntirish zarur. Yerning yillik harakatidan kelib chiqadigan natijalarning tafsilidan so’ng yilning aniq kunlarida yulduzlar va yulduz turkumlarining ko’rinish shartlariga doir bir-ikki masalani yechish maqsadga muvofiq bo’ladi. Planetalarning ko’rinma harakatlarini ham yulduzlar kartasida ko’rsatish mumkin, buning uchun 1 sentyabrdan boshlab davriy ravishda 2-3 planetaning holatlarini kartada aks qilib borish lozim (teleskopda ham kuzatishlar olib borgan holda). Shunday qilinganda, planetalarni o’rganish boshlangunga qadar ular haqida yaxshi material yig’ilishiga erishiladi. Download 30.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling