Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Download 0.51 Mb.
bet21/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Lekin: fort en, faible en: Il est fort en français.
Sifatning ravishga aylanishi
Ayrim sifatlar, jumladan, haut, bas, fort, cher, droit, net, ferme, bon, mauvais kabilar ravish sifatida ishlatilishi va fe`lga bog`lanib kelishi mumkin:
Parler (répondre, répéter) haut – baland ovozda gapirmoq (javob bermoq, takrorlamoq)
Crier (rire) fort – qattiq qichqirmoq (kulmoq)
Douter fort (j`en doute fort) – juda shubhalanmoq
Travailler ferme – ko`p ishlamoq
S`arrêter (s`interrompre) net – birdan to`xtamoq
Refuser net – qat`iy rad etmoq
Aller (regarder, mener) droit – to`gri bormoq (olib bormoq, qaramoq)
Coûter (vendre, payer, donner) cher – qimmat turmoq (sotmoq, to`lamoq, bermoq)
Sentir bon, mauvais, fort – yaxshi, yomon, kuchli hid taratmoq
Diqqat! Barcha ravishlar kabi ushbu ravishlangan sifatlar ham jins va sonda o`zgarmaydi:
Ces billets ne coûtent pas cher.
Ces fleurs sentent bon.
Quel so`roq sifati
Quel so`roq sifati o`zbek tilida qanday, qaysi kabi ma`nolarni anglatadi. U jins va sonda o`zgaradi hamda quyidagi shakllarga ega:
quelmujskoy rod birlikda, quelle – jenskiy rod birlikda
quels – mujskoy rod ko`plikda, quelles – jenskiy rod ko`plikda
U ko`chma va o`zlashtirma so`roq gaplarda ishlatiladi. Ushbu so`roq olmoshi belgi va ko`pincha ma`lumot haqida savol berilganda ishlatiladi. Quel gapda aniqlovchi yoki ot-kesim bo`lib keladi:
1) Aniqlovchi sifatida ishlatilganda quel ot oldida turadi va artikl o`rnini egallaydi. Bu holda mazkur sifat qanday deb tarjima qilinadi:
Quel temps fait-il aujourd`hui? – Bugun ob-havo qanday?
Quelle heure est-il? – Soat necha bo`ldi?
Quels livres as-tu achetés? – Sen qanday kitoblar sotib olding?
2) Ot-kesim vazifasida ishlatilganda quel fe`l oldida turadi va qaysi deb tarjima qilinadi. Bunda quel être fe`lidan keyin kelgan ot – gapning egasi bilan rod va sonda moslashadi:
Quelle est votre place? – Sizning o`rningiz qaysi?
Quel est ce livre? – Bu qaysi kitob?
Quel est l`exercice le plus difficile? – Eng qiyin mashq qaysi?
Diqqat! Quel va comment so`zlari bilan boshlanuvchi savollar o`rtasidagi farqni unutmang! Quel bilan ma`lumot, comment bilan belgi so`raladi:

  • Comment est cette salle? - Quelle est cette salle?

  • Elle est claire. - C`est la salle numéro 10.

Quel sifati his-hayajon gaplarda ham qo`llanilib, quvonch, hayrat, zavqlanish kabi tuyg`ularni ifodalashda xizmat qiladi:
Quelle surprise! – Qanday kutilmagan sovg`a!
Quel dommage! – (Qanday) afsus!

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling