Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)
Download 0.51 Mb.
|
Grammatika bilan ham tanishing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy olmoshlarning qo`llanilish jadvali
- Narsa-buyum oti Neytral ce olmoshi
Où nisbiy ravishi
Où faqatgina narsa-buyum otlarini aks ettiradi. U o`rin va payt holi vazifasida ishlatiladi. La maison où il habite – u yashaydigan uy (uy, qayerdaki u yashaydi). O`rin holi vazifasida ishlatilganda où ravishi dans lequel ma`nosini anglatadi. Ushbu ravish de yoki par predloglari bilan kelishi mumkin.: la ville d`où il vient, la rue par où passa le cortège. Payt holi vazifasida ishlatilganda où ravishi vaqtni ko`rsatuvchi otlar (le temps, l`heure, le jour, l`instant,…)dan keyin keladi: C`était l`heure où les enfants sortaient de l`école. – Bu bolalar maktabdan chiqadigan vaqt edi. Murakkab nisbiy olmoshlar (Pronoms relatifs composés)
Murakkab nisbiy olmoshlar shaxs yoki narsa-buyum nomini aks ettiradi. Ular ko`pincha predlogli to`ldiruvchi vazifasida ishlatiladi: le crayon avec lequel j`ecris le monument vers lequel ils se dirigent le passant auquel il s`adresse ◊ Agar gapda narsa-buyum nomlari haqida so`z borsa, predlogli to`ldiruvchi vazifasidagi murakkab nisbiy olmoshlar qo`llanilishi majburiydir: le livre auquel je pense ◊ Agar gapda shaxs nomlari haqida so`z borsa, predlogli murakkab nisbiy olmoshlar ixtiyoriy ravishda qui olmoshi bilan ham qo`llanilishi mumkin: l`homme à qui (auquel) je pense l`enfant avec qui (avec lequel) j`ai causé Eslatma: 1.Parmi olmoshi bilan har doim murakkab nisbiy olmoshlar ishlatiladi: Elle vit un groupe de jeunes gens parmi lesquels se trouvaient ses frères. 2.Hozirgi kunda ega vazifasidagi lequel olmoshi takroriylikning oldini olish maqsadida yozma nutqda ishlatiladi: Il entrevit dans la foule l`amie de son frère laquelle se dirigeait rapidement vers la sortie. – Olomon ichida u tezlik bilan tashqariga yo`nalgan akasining do`stini ko`rib qoldi. Nisbiy olmoshlarning qo`llanilish jadvali
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling