Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)
Download 0.51 Mb.
|
Grammatika bilan ham tanishing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rsatish olmoshlari (Pronoms démonstratifs)
- Ko`rsatish olmoshlarining murakkab shakli
Ko`rsatish olmoshlari (Pronoms démonstratifs) Fransuz tilida ko`rsatish olmoshlari otni aks ettiradi. Ular shaxs yoki narsa-buyum otlarini ko`rsatib, otning rodi va soniga moslashadi. Ko`rsatish olmoshlarining oddiy va murakkab shakli mavjud.
Ko`rsatish olmoshlarining oddiy shakli Ko`rsatish olmoshlarining oddiy shakli hech qachon yolg`iz ishlatilmaydi, ulardan keyin doim quyidagicha to`ldiruvchilar kelishi mumkin: 1) aniqlovchi ergash gap: Regardes ces trois photos et choisissez celle qui vous plaira. – Mana bu rasmlarga qarang va o`zingizga yoqqanini tanlang. 2) de predlogi bilan kelgan vositali to`ldiruvchi: Voici vos cahiers et voilà ceux de vos camarades. – Mana bular sizning daftarlaringiz, ana ular esa o`rtog`ingizning daftarlari. Ko`rsatish olmoshlarining murakkab shakli Ko`rsatish olmoshlarining murakkab shakli ci va la yuklamalari yordamida tuziladi. Ular odatda yolg`iz ishlatiladi. Ushbu olmoshlar juft holda yoki yolg`iz qo`llanilishi mumkin. Murakkab ko`rsatish olmoshlari juft holda quyidagi hollarda ishlatiladi: 1) Ikki shaxs yoki narsa-buyumni taqqoslaganda yaqindagi predmetga nisbatan celui-ci, uzoqroqdagisiga nisbatan celui-là olmoshlari qo`llanadi: Mets les fleurs dans ces vases, les roses dans celui-ci, et les tulipes dans celui-là. – Gullarni guldonlarga sol, atirgullarni mana bunisiga, lolalarni ana unisiga. 2) Ikki shaxs yoki narsa-buyumni taqqoslaganda celui-là avvalroq tilga olingan predmetni, celui-ci keyinroq aytilgan predmetni ifodalaydi: A l`entrée de l`école le maître et l`enfant se séparèrent, celui-ci courut a la maison, celui-là monta chez lui. – Maktabga kiraverishda o`qituvchi va bola ajralishdi, biri (bola) uyiga qarab yugurdi, boshqasi (o`qituvchi) o`zinikiga chiqdi. Murakkab ko`rsatish olmoshlari quyidagi holda yolg`iz ishlatiladi: Ikki predmetni taqqoslamay, uni boshqa predmetlardan ajratib ko`rsatganda celui-ci yoki celui-là olmoshlaridan biri ishlatiladi: Cette revue n`est pas intéressante, regardez plutôt celle-là (celle-ci). Bu jurnal qiziqarli emas, yaxshisi mana bunisiga(ana unisiga) qarang. “ce, cela, ceci, ça” neytral ko`rsatish olmoshlari “ce” ko`rsatish olmoshi yolg`iz holda ishlatilmaydi. U doim fe`l yoki nisbiy olmoshga bog`lanib keladi: C`est très curieux. – Bu juda qiziq. Ce sont mes amis. – Bular- mening do`stlarim. “cela” va “ceci” ko`rsatish olmoshlari gapda ega yoki to`ldiruvchi bo`lib keladi. O`zbek tiliga “bu” deb tarjima qilinadi: Cela (ceci) ne m`intéresse pas. – Bu meni qiziqtirmaydi. Qui vous a dit cela (ceci)? – Buni sizga kim aytdi? Que pensez-vous de cela (de ceci)? – Bu haqda nima deb o`ylaysiz? Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling