O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi komponent
uchinchi komponent ikki kishi tilidan
berilgan. Bunda Qaytsu kumushni tu- gal sanab olganligini ta’kidlaydi: Bu on satïr kümüšni bitig qïlmïš kün üzä men, Qaytsu tu(duŋ) tügäl tartïp aldïm. Unga kumush topshirilganligi esa Chintsu Shilaning tilidan berilgan: Men, Čïntsu Šïla, yemä bir eksügsüz tügäl berdim. Ishga yollovchi tomonidan o‘g‘ilcha- ga berib turiladigan kiyim-kechaklarn- ing soni va turi ko‘rsatilgan to‘rtinchi komponent Chintsu Shila tilidan beril- gan: Bu oγulq(ï)yaqa bir yïlta bir üm, köküzmäk, bir qay, bir uyuq č(a)ruq, iki yïlta bir čäkräk, üč yïlta bir börk bilä berür-men. O‘g‘ilchaning bundan buyongi qilm- ishlariga kimlar javobgar ekani to‘g‘risi- dagi beshinchi komponent ham ikki kishi tilidan beriladi. Chintsu Shilaning uy ichidagilar bilan bilan bog‘liq holda biror korihol bo‘lsa, Chintsuning o‘zi javob beradi. Bu shart uning o‘z tilidan berilgan: Oγulq(ï)ya Čïntsu Šïlanïŋ ew- indäkilär bilä yorïp, oγrï tew qïlsar, tutγu qapγu, yoq itük qïlsar, men, Čïntsu Šïla bašïŋa bolur. Bola yolg‘iz yurib, biror koriholga yo‘liqqudek bo‘lsa, unga bolaning ota- si javobgar. Kelishuvning bu bandi Qaytsu tudung tilidan berilgan: Yalïŋuz yorïp, oγrï tew qïlsar, yoq-itük qïlsar, men Qaytsu tu(duŋ) bašïmqa bolur. Oltinchi komponentda o‘g‘ilcha kasal bo‘lib qolsa, kimlar uni boqaja- gi to‘g‘risida so‘z boradi. Bu shartning ijrosi ikki kishiga yuklatilgan. Yetti kun- gacha uni ishga yollagan kimsa qaray- di. Vasiqaning ushbu bandi Chintsu Shilaning tilidan berilgan: İgläsär, yeti künki mün-aš men, Čïntsu Šïla berür- men. Yetti kundan o‘tsa, otasiga yuklatila- di. Bitimning bu bandi otasi Qaytsuning tilidan berilgan: Yeti kündin kečsär, (6) O‘g‘ilcha kasal bo‘lib qolsa, kimlar uni boqajagi. Chintsu Shila va Qaytsu tudung tilidan bitilgan. (7) Kasal bo‘lib o‘lsa, olingan qarzni kim va qay miqdorda qoplashi. Qaytsu tudung tilidan bitilgan. (8) Uch yilga qadar vasiqa o‘z kuchida qolajagi, bitim buzilgan taqdirda ziyon uchun to‘lanajak jarimaning miqdori. Qaytsu tudung tilidan bitilgan. (9) Oldi-berdini rasmiylashtirishni kuzatib turgan guvohlar. Vasiqani bituvchi xodim tilidan bitilgan. (10) Bitimning qarz oluvchi tomonidan tamg‘a bilan tasdiqlab qo‘yilganligi. Qaytsu tudung tilidan bitilgan. (11) Hujjatni bituvchi kimsaning oti. Vasiqani bituvchi xodim tilidan bitilgan. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling