23-rasm. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tizimi
Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish uchunAsosiy izlanishlar avtomatlashtik rostlash tizimlari deb nomlanadigan ierarxik pog’onada boshlanib yuqoriga ko’tariladi. ART ham tepadan pastga qarab ierarxik pog’onalarga bo’linadi va undagi tashkil etuvchi elementlar, hamda ularning xarakterlarni aniqlovchi ishlanishlar olib boriladi.
Soddaroq holda ko’p pog’onali tarkibga ega boshqarish tizimi tarkibi 19-rasmda ko’rsatilgan. TBO va TJABT avtomatlashtirilgan texnologik majmuani (ATM) tashkil etadi. Boshqarish mezonlari sifatida texnik-iqtisodiy ko’rsatkich, masalan, berilgan sifatda maxsulot tannarxi, samaradorlik yoki texnologik ko’rsatkichlar-jarayon parametrlari, chiqish mahsuloti tavsiflari bo’lishi mumkin.
Hozirgi paytda o’zaro bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlarni boshqarishda lokal boshqarish tizimlari yirik boshqarish tizimlari tarkibiga kirish mumkin.
Endi ART ni o’zi asosiy to’rtta elementlar: ob’ekt, datchik,rostlagich yoki boshqaruvchi, boshkarish mexanizmi-Ijro etuvchi va qo’shimcha elementlar: informasiya keluvchi, bog’lovchi liniyalar, topshiriq beruvchilardan iborat ekanini ko’ramiz. Izlanish boshidan har bir element qora quti sifatida ko’riladi.
24-rasm. ART lardagi ozgina murakkab yopiq zanjirli boshqarish tizimi
ARTlarimizda yopiq zanjirli boshqarish tizimini quyidagicha tashkil bo’ladi:
Avtomatlashtiriladigan ob’ekt – (1), boshqariluvchi parametrni aniqlovchi datchik – (2)dan rostlagich yoki boshqaruvchi rostlagich – (3)ga, bo’lishi kerak bo’lgan boshqariluvchi parametrni (5)dan berilgan topshiriqini (2) datchik qiymati farqi asosida boshkarish mexanizmi shakllanadi, natijada iIjro etuvchi qurilma – (4) ob’ektga ta’sir qilinadi. Boshqariluvchi parametr qiymati topshirig’ini beruvchi (3) - rostlagich yoki boshqaruvchiga (6) ta’sir qiladi - topshiriq beradi.
1-element. Asosiy obekt. Unda asosiy murakkab jarayon bo’ladi. Hamma elemantlar bunga yordam berishini topish echimlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |