biror buyruq berish, undagi dasturlar va jarayonlarni ishga
tushirish hamda
hujjatlarni ochish mumkin.
Klaviatura (ingl. keyboard) muayyan qurilmani boshqarish yoki axborotni kiritish
uchun mo‟ljallangan tugmalar (klavishalar) to‟plamidan iborat bo‟lgan qurilma
yoki ekrandagi tasvir. Тexnik va mexanik qurilmalarni (kalkulyator, kompyuter,
telefon, kassa apparati) boshqarish uchun alifbo-raqamli klaviaturalar qo‟llaniladi.
Klaviaturalardagi har bir tugmaga bir yoki bir necha belgi biriktiriladi. Тugma
birikmalari klaviaturadan bajariladigan amallarning sonini ko‟paytirishga
imkon
beradi.
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda
yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor
grafik yoki
matn holatida
ishlashi
mumkin. Matn holatida
belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik
holatida esa
piksel nomli nuqtalarga bo‟linadi. Monitordagi piksellarning umumiy
miqdori hamda
ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi.
Videoproyektor va ekran. Proyektorlar va ekranlar ma‟lumotlarni yirik
o‟lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o‟lchami
ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar
kompyuter bilan birgalikda
foydalanishga mo‟ljallangan bo‟lib, ko‟proq katta
auditoriyalarda va zallarda
hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun
ishlatiladi.
Videoproyektor kompyuter va shunga o‟xshash namoyish vositalarining alohida
qo‟shimcha
monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda
tasvirlash uchun
mo‟ljallangan.
Dasturiy ta‟minot 3 ga bo‟linadi:
Sistemali, uskunaviy, amaliy
Do'stlaringiz bilan baham: