Ovqatlanish
Download 1.07 Mb.
|
Ovqatlanish gigiyenasi
Begona aralashmalar. Unda boshqa begona aralashmalar ham bo’lishi mumkin. Ularning ba'zilari (kakra, qoramig’) un va nonning organoleptik xossalarini yomonlashtirib, ularga taxir maza berib tu-radigan bo’lsa, boshqalari (qoramig’, qorakosov) zararli xossalarga egadir. Shuning uchun sanitariya me'yorlari bilan unda uchraydigan eng xavfli va zararli aralashmalar miqdorini keskin cheklab qo’yilgan.
Unda zararli aralashmalarning eng ko’p deganda quyidagi miq-dori bo’hshiga yo’l qo’yikdi: qorakosov 0,05 %, qorakuya 0,05%, sofora 0,04%, qorakosov bilan qorakuya birga uchraganda 0,05%. Aytib o’tilgan zararh aralashmalar bundan ko’ra ko’proq miqdorda bo’lsa, unni xuddi shu tur va navdagi boshqa partiya uni bilan ara-lashtirib, aralashtirganda ham zararli aralashmalari eng ko’p deb belgilangan miqdorlardan ortmaydigan nisbatlarda aralashtirgandan keyingina ovqatga ishlatish mumkin bo’ladi. Metall aralashmalar unga, asosan, tegirmon toshlari, valeslar yoki don tozalaydigan agregatlar metall qismlarining yeyilishi tufayli tu-shib qoladi. Bularning miqdori 1 kg un massasiga 3 mg dan ortmay-digan bo’lishi kerak. Unda chetlari o’tkir tishli metall zarralari 68 bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi, bular organizmga tushib qolsa, me'da-ichak yo’li shilliq pardasini chaqalab shikastlantirishi mumkin. Belgilangandan ko’ra ko’proq miqdorda metall aralashib qolgan un yoki ichida uchi o’tkir metall zarralari bor un, bularning miqdori 3 mg/kg dan kani bo’lgan taqdirda ham, tarqatish uchun chiqarishga qo’yilmaydi. Bunday un partiyasi magnitli tutkichlar orqali o’tkazish yo’li bilan metall zarralaridan tozalanishi kerak. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling