Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Klinikasi va diagnostikasi


Download 346.74 Kb.
bet15/32
Sana28.10.2023
Hajmi346.74 Kb.
#1730398
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Klinikasi va diagnostikasi. Kompensatsiya bosqichida odatda subyektiv alomatlar bo‘lmaydi. Hatto kasallikning obektiv alomatlari yaxshi ifodalangan bo‘lsa ham, subyektiv alomatlari bo‘lmasligi yoki kam ifodalangan bo‘lishi mumkin. Bu kuchli chap qorinchaning dastlabki o‘zgarishlarni kompensatsiyalash, yurakning giperfunksiyasini uzoq vaqt ushlab turganligi bilan tushuntiriladi. Bemorning birinchi shikoyatlari hansirash bo‘lib, kasallikning dastlabki bosqichlarida faqat jismoniy harakat qilgandagina boshlanadi. Keyinchalik esa bemor yurganda va hatto tinch holatda ham paydo bo‘ladi va kuchayadi. Yurak nuqsonlarining dastlabki bosqichlarida nafas qisilib, miyada qon aylanishining buzilishi natijasida reflektor, yurak faoliyatining dekompensatsiya sharoitida esa o‘pkada qonning dimlanishi natijasida vujudga keladi. Bemorlarni ko‘pincha kechasi, sayyor nerv tonusining ko‘tarilishiga bog‘liq holda vujudga keluvchi hansirash bezovta qiladi. Ba’zi hollarda bu nafas yetishmasligi yurak astmasi xurujiga aylanib, o‘pka shishi bilan yakunlanishi mumkin. Yurak astmasi rivojlanishiga sabab – chap qorincha miokardining kuchsizligi hamda o‘pkaga kelayotgan va undan ketayotgan qon o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishidir.
Yurak sohasidagi og‘riq – uchrashi bo‘yicha 2-o‘rinda turadigan alomat bo‘lib, u 50-80 foiz bemorlarda kuzatiladi. Odatda og‘riqlar tipik anginoz xarakterda bo‘lib, stenokardik xuruj ko‘rinishida bo‘ladi. Og‘riqlar qisqa vaqtli yoki uzoq vaqtli bo‘lib, odatda kurakosti va chap qo‘lga irradiatsiyalanadi. Og‘riqlarni validol yoki nitroglitserin bilan, og‘ir bemorlarda esa – narkotik analgetiklar bilan qoldirish mumkin.
Bosh aylanish va hushdan ketish yana bir xarakterli alomat bo‘lib, u jismoniy harakat vaqtida vujudga keladi. Hushdan ketish 4.5-40 % hollarda kuzatiladi. Jismoniy harakat vaqtida periferik qon tomirlarda qarshilikning keskin tushishi va buning natijasida aortada bosim pasayib, miya ishemiyasi rivojlanishi hushdan ketishga sabab bo‘ladi. Tinch holatdagi hushdan ketish yurak ritmining turli buzilishi, ya’ni to‘liq ko‘ndalang qamal, paroksizmal taxikardiya va hokazolarga bog‘liq.
Ko‘pchilik bemorlardagi jismoniy harakat vaqtidagi darmonsizlik, tez charchash yurakdagi minutlik hajmning adekvat ko‘paya olmasligiga bog‘liq.
Katta qon aylanishi doirasida qon dimlanishida tanada shish, o‘ng qovurg‘aosti sohada og‘irlik va og‘riqlar kuzatiladi.
Ba’zida bemorlarni yurakni tez urishi yoki “yurakning to‘xtab qolish hissi” bezovta qiladi. Bu ekstrasistoliya, taxikardiya va hokazolar singari yurak ritmining buzilishi alomatlari bilan bog‘liq.
Aortal stenoz bilan og‘rigan ko‘pchilik bemorlarning jismoniy rivojlanishi qoniqarli, teri qavatlari oqish rangda bo‘ladi. Bu teri qon tomirlarining qonning kam kelishiga nisbatan bo‘lgan spastik reaksiyasini ifodalaydi. Ba’zi bir bemorlarga agar nuqson yoshligida rivojlangan bo‘lsa, ko‘p ifodalanmagan “yurak bukrisi” yaqqol ifodalangan chapga va pastga siljigan, gumbazsimon yurak bukrisi kuzatiladi. Kuchaygan yurak turtkisi va nisbiy past puls o‘rtasidagi nomutanosiblik tez-tez uchrab turadi. To‘sh sohasidagi asosan to‘shning o‘ng tomoni bo‘ylab, 2-qovurg‘a oralig‘i sohasidagi, ba’zan to‘shning chap tomoni va o‘rtasida aniqlanadigan sistolik qaltirash xarakterli alomat hisoblanadi. Sistolik qaltirash shuningdek taqim va o’mrovosti chuqurchalarda hamda uyqu arteriyasi bo‘ylab paypaslanadi. Sistolik qaltirashning sababi – toraygan teshikdan o‘tayotgan qonning tez o‘tishidir.

Download 346.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling